calendar 22 Jul 15:17
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiya Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi

image

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoyeni egallab oldi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Lugansk viloyatidagi Rozovkani egallab olgan. Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktida 17 kishi yashagan.

Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Xarkov viloyatidagi Peschanoye Nijne qishlog‘ini ham egallab olganini ma’lum qildi. Gap Chuguyevskiy tumanidagi Peschanoe qishlog‘i haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, qishloqda 79 kishi yashagan. Ukraina urushi muxbiri Bogdan Miroshnikov ham Rossiya Qurolli kuchlari Peschanoyeni bosib olganini aytdi.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ikki aholi punkti yo‘qotilgani haqida xabar bermadi. Ukraina Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan DeepState OSINT loyihasi kecha, 21 iyulga o‘tar kechasi Telegram-kanalida Rossiya qo‘shinlari Peschanoye va Andreyevka yaqinida oldinga o‘tgani haqida yozdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
55
0
qalampir.uz

Moskvada mashina portlatildi (video)

Bugun, 24 iyul kuni Rossiyaning Moskva shahri Sinyavinskaya ko‘chasidagi turarjoy binosi hovlisida noma’lum shaxs tomonidan shu yerda turgan avtomobil portlatib yuborildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. Toyota Land Cruiser rusumli ushbu mashina portlashi oqibatida ikki kishi jabrlangani haqida bir qator OAVda turlicha talqinlar keltirilmoqda. Ularning aksariyati transport vositasida Rossiya Mudofaa vazirligi ofitseri, sun’iy aloqa radiomarkazi boshlig‘i o‘rinbosari

26 Jul 10:21
 
37
0
xs.uz

Kamala Xarrisning AQSH prezidentligi saylovida gʻalaba qozonish imkoniyati oshdi

'Ipsos'ning 22 va 23-iyul kunlari oʻtkazgan soʻroviga koʻra, respondentlarning 44 foizi Xarrisni qoʻllab-quvvatlagan. 42 foizi esa AQSHning sobiq prezidenti, Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga ovoz berishga tayyorligini bildirgan.'Bir qator bukmekerlik idoralarining fikricha, noyabr oyida vitse-prezident Kamala Xarrisning prezidentlikka saylanish ehtimoli soʻnggi 24 soat ichida sezilarli darajada oshgan', deyiladi manbada.Maqolada aytilishicha, 'Bet365' bukmekerlik kompaniy

26 Jul 16:59
 
64
0
xs.uz

Kamala Xarris Isroilning hafsalasini pir qildi. Tel-Aviv demokratlar nomzodining qarashlaridan xavotirda

Maʼlum boʻlishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanida Xarris HAMAS bilan kelishuvga erishish zarurligini taʼkidlagan. Netanyaxu turli siyosiy guruhlar tomonidan Gʻazodagi janglarni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borishga majburlovchi bosimga duch kelayotgan bir davrda demokratlar nomzodining harakatlari Isroil tomoniga maʼqul kelmagan.'Muzokaralarda umidli harakat boʻldi va men Bosh vazir Netanyaxuga aytganimdek, bu kelis

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah