calendar 26 Jul 16:59
eye 68
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kamala Xarris Isroilning hafsalasini pir qildi. Tel-Aviv demokratlar nomzodining qarashlaridan xavotirda

image
Maʼlum boʻlishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashuvdan keyin oʻtkazilgan matbuot anjumanida Xarris HAMAS bilan kelishuvga erishish zarurligini taʼkidlagan. Netanyaxu turli siyosiy guruhlar tomonidan Gʻazodagi janglarni toʻxtatish boʻyicha muzokaralar olib borishga majburlovchi bosimga duch kelayotgan bir davrda demokratlar nomzodining harakatlari Isroil tomoniga maʼqul kelmagan.

'Muzokaralarda umidli harakat boʻldi va men Bosh vazir Netanyaxuga aytganimdek, bu kelishuvni amalga oshirish vaqti keldi', dedi Xarris uchrashuvda. Gap shundaki, Netanyaxu Gʻazoda tinchlik oʻrnatish uchun HAMASni butkul yoʻq qilish kerakligini aytib keladi. Bu uchun AQSHni koʻproq harbiy yordam berishga chaqirgan bosh vazirga vitse-prezidentning muzokaradan soʻz ochishi yahudiy davlati vakillariga maʼqul boʻlmagan.

'Reuters' ismi oshkor etilmasligini soʻragan isroillik mulozimga tayanib maʼlum qilishicha, Xarrisning soʻzlari HAMAS tomonidan boshqacha talqin qilinishi mumkin. Rasmiy bu Amerika Qoʻshma Shtatlari va Isroil oʻrtasida kelishmovchilik kabi taassurot qoldirishi va kelishuvni kechiktirishi mumkinligidan xavotirda.

Oʻz navbatida, Netanyaxu koalitsiyasining asosiy shaxslari ' Isroil moliya vaziri Betsalel Smotrich va Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir ham Xarrisning soʻzlarini qoralagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek

25 Sep 13:14
 
15
0
xs.uz

Rossiyaning yangi “Sarmat“ raketasi yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi

Rossiya yadroviy arsenalini modernizatsiya qilishning asosiy quroli boʻlgan 'Sarmat' raketasi sinovdan oʻtkazilish jarayonida 'halokatli nosozlik'ga uchragani aytilmoqda. Bu haqda 'Al-Jazeera' xabar berdi. Raketa uchirilgan joyning sunʼiy yoʻldoshdan olingan tasvirlari ham keltirilgan.21-sentyabr kuni olingan suratlarda Rossiya shimolidagi Plesesk kosmodromidagi uchirish silosida kengligi taxminan 60 metr krater borligi koʻrsatilgan. Ular oy boshida olingan suratlarga qaraganda ancha kattal

24 Aug 17:27
 
27
0
xs.uz

Isroil raketani bu safar qayerga yoʻnaltirgani maʼlum boʻldi

Isroil Hizbulloh guruhiga tegishliligi gumon qilingan Livan janubidagi 10 dan ortiq nuqtaga zarba berdi. Bu haqda 'Guardian' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Hizbulloh avvalroq Isroil tomonidan anneksiya qilingan Golan tepaliklariga 50 dan ortiq raketa otgan va uchuvchisiz dronlar orqali bombardimon qilgan. Isroilning hujumlari esa qurol omborlari, harbiy binolar va Hizbulloh tomonidan qoʻllanilgan oʻq otish moslamasini nishonga olganligi aytilmoqda.Otishma AQSH prezidenti Jo Bayden Is

08 Sep 16:45
 
23
0
xs.uz

Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi

Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punkti yaqin kunlarda ochilishga tayyorlanmoqda. Bu haqda 'Turmush.kz''xabar berdi.Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantaye