Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi

Qayd etilishicha, rekonstruksiya ishlari doirasida 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punktigacha boʻlgan yoʻllar kengaytirilgan. Bugungi kunda nazorat punkti ochilishga tayyor. Qirgʻiziston va Oʻzbekiston fuqarolari ushbu punkt orqali davlat chegarasini kesib oʻtadi.
Prezident Sadir Japarovning Oʻsh viloyatidagi vakolatli vakili Elchibek Jantayevga koʻra, mazkur punkt foydalanishga topshirilsa, 'Doʻstlik avtodorojniy' nazorat-oʻtkazish punktida yuklanish kamayadi.
Bundan tashqari, Elchibek Jantayev boshchiligidagi delegatsiya Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi 'Intimak' nazorat-oʻtkazish punkti yaqinidagi tiklanayotgan koʻprikni koʻzdan kechirgan.
Maʼlumot uchun, 'Qorasuv' nazorat-oʻtkazish punkti 14-yil, 'Intimak' nazorat-oʻtkazish punkti esa 2004-yildan beri yopiq.
Turkiyada 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor
Turkiyaning janubiy viloyatlarida 5,8 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.Mugʻla viloyatida va yana bir nechta hududlarda sezilgan yer silkinishlari 3-iyunga oʻtar kechasi mahalliy vaqt bilan 02:17 da yuz bergan. Uning epitsentri Marmaris kurorti yaqinidagi dengizda, 67 kilometr chuqurlikda yuzaga kelgan.Tabiiy ofat oqibatida 69 kishi jabrlangan. Ularning koʻpchiligi uylarining derazalaridan sakrash chogʻida jarohatlangan. Hozi
Tramp va Mask omma oldida janjallashdi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi
Afrikada kuchli qor yogʻdi. Sinoptiklar buni iqlim oʻzgarishi bilan izohlamoqda
Dunyoning aksariyat mintaqalarida jazirama issiq kuzatilayotgan shu kunlarda Janubiy Afrika Respublikasida kuchli qor yogʻdi.Tabiatning bu kutilmagan inʼomi koʻplab noqulayliklarni keltirib chiqardi. Jumladan, yoʻllar toʻsib qoʻyildi, yuz minglab odamlar elektr energiya taʼminotidan uzilib qoldi. Bundan tashqari, suv toshqinlari va boʻronli shamollar mamlakatning bir qancha viloyatlarini qamrab olgan. Eng yomon vaziyat Sharqiy Keyp va Kvazulu-Natalida kuzattilmoqda.Tabiiy ofat tufayli 50
Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkentda ushlandi
Qozogʻistonda qidiruvda boʻlgan 22 yoshli yigit Toshkent shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda 'Politsia.kz''xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Jambil viloyati politsiya boshqarmasining topshirigʻi asosida va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari koʻmagida, Toshkent shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda Taraz shahrida yashovchi 22 yoshli yigit qoʻlga olingan. Maʼlum boʻlishicha, u 2022-yil oxirida tanishining ishonchiga kirib, jami 24 million tenge (taxminan 612 million soʻm)dan z