calendar 27 Jul 16:04
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan shaharda miting o‘tkazmoqchi

image

AQSHning sobiq prezidenti va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilgan Butler shahrida navbatdagi saylovoldi tashviqoti mitingini o‘tkazadi. Bu haqda Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men qahramonimiz o‘t o‘chiruvchi Kori va ikki hafta oldin yaralangan o‘sha jasur vatanparvarlar sharafiga katta va chiroyli miting o‘tkazish uchun Pensilvaniya shtati Butlerga qaytaman”, deb yozgan Tramp o‘zining Truth Social’dagi sahifasida.

Siyosatchining postida miting qachon va aynan qayerda bo‘lib o‘tishi haqida batafsil ma’lumot berilmagan. Biroq “NBC News” xabariga ko‘ra, Tramp kampaniyasi yaqinda sodir bo‘lgan suiqasddan so‘ng yopiq joylarda mitinglar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSHning sobiq prezidenti 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingida yaralangan edi. 20 yoshli yigit siyosatchiga qarata o‘q uzgan. O‘q Trampning qulog‘ining tepasiga teggan. Otishma oqibatida 50 yoshli miting ishtirokchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Hujumchi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Azizbek Eshmamatov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 09:28
 
64
0
qalampir.uz

O‘zbekiston Afg‘onistonda madrasa qurmoqda

Afg‘onistonning Balx viloyatida O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan madrasa qurilmoqda. Bu haqda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati oliy ta’lim vazirligi xabar berdi. Afg‘onistonning Qobul shahrida mamlakat oliy ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchi shayx ul Hadis Mavlaviy Nida Muhammad Nadem joriy yilning 16 iyul kuni O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashib, ikki davlat o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yaxshilash masalalarini muhokama

26 Jul 10:21
 
34
0
xs.uz

Folklend orollari yaqinida kema choʻkib ketdi. Qurbonlar bor

Folklend orollari yaqinida Norvegiyaning 'Argos Georgia' baliqchi kemasi choʻkib ketishi oqibatida uch nafar Rossiya fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda 'RIA Novosti' agentligiga Rossiya tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova maʼlum qildi.'Folklend qirgʻoq qoʻriqlash xizmati va kema egasining maʼlumotlariga koʻra, bortda sakkiz nafar rossiyalik boʻlgan. Ulardan toʻrt nafari omon qolgan, uch nafari halok boʻlgan, bir nafari bedarak yoʻqolganlar roʻyxatiga kiritilgan', ' de

26 Jul 10:19
 
33
0
qalampir.uz

Lukashenko va Putin Valaam orolida uchrashdi

Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Kareliyadagi Valaam orolida (Ladoga ko‘li) uchrashdi. Bu haqda “BelTA” xabar berdi. Lukashenko hozirda Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Vladimir Putin bilan turli formatdagi muzokaralar rejalashtirilgan. Qayd etilishicha, Putin va Lukashenko Belarus-Rossiya munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari, ittifoq loyihalarini ilgari surish, mintaqaviy xavfsizlik mavzulari

29 Jul 09:58
 
60
0
qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampn