calendar 29 Jul 09:58
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatladi.

“Yevropa o‘z manfaatlarini himoya qilishdan voz kechdi. Bugungi kunda Yevropa qilayotgan barcha narsa hatto o‘z-o‘zini yo‘q qilish evaziga bo‘lsada, AQSHning demokratlar tarafdori yuritayotgan tashqi siyosatga so‘zsiz ergashmoqda”, degan Orban.

Orban, shuningdek, 2022 yilda Rossiyadan Germaniyaga gaz o‘tkazish uchun qurilgan “Shimoliy oqim” gaz quvurlariga zarar yetkazgan portlashlar ortida AQSH turganini va buni “amerikaliklarning aniq ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilgan terrorchilik harakati” deb atadi. U da’voni tasdiqlash uchun hech qanday dalil keltirmagan.

O‘ta o‘ng qanot yetakchisining so‘zlari shu oy boshida Rossiyaning Ukrainadagi urushini to‘xtatish uchun vositachilik qilish maqsadida Moskva va Pekinga “tinchlik missiyasi” bilan jo‘nab ketganidan so‘ng yevropalik hamkorlari tomonidan tanqidlar kuchayib borayotgan bir paytda yangramoqda. Orban Yevropa Ittifoqi yetakchilari orasida Kreml bilan eng iliq munosabatlarga ega deb hisoblanadi.

Orbanning ta’kidlashicha, u Ukrainaga urushdan vayron bo‘lgan mamlakat sifatida mamlakatning NATO yoki Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishiga shubha bilan qaraydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari haqida Yevropa Ittifoqi hamda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelga maktub yo‘llagandi. Shuningdek, uning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashgani xabar qilingandi. O‘shanda Tramp bilan uchrashish uchun Orban NATO sammitini erta tark etdi, u yerda uning o‘rniga Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto qolgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Rossiyada YouTube tezligi 70 foizga sekinlashishi mumkin

Rossiyada YouTube videoxostingining yuklanish tezligi 40 foizga, keyingi hafta oxiriga kelib esa 70 foizga tushishi mumkin. Bu haqda Rossiya Davlat Dumasining Axborot siyosati qo‘mitasi rahbari, deputat Aleksandr Xinshteyn o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Deputatning yozishicha, mamlakat rasmiylari platformaning ishlash tezligini sun’iy ravishda sekinlashtira boshlagan. “Yaqin kunlarda YouTube'ning kompyuterlarda foydalanganda yuklab olish tezligi 40 foizga, key

22 Jul 19:08
 
52
0
qalampir.uz

Kuleba ertaga Xitoyga boradi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 ​​iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish i

22 Jul 15:17
 
53
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoyeni egallab oldi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Lugansk viloyatidagi Rozovkani egallab olgan. Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktida 1

08 Sep 16:45
 
7
0
xs.uz

Xitoy Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Bu nimadan dalolat?

Xitoy davlat banklari Rossiyadagi aktivlarini kamaytirmoqda. Xabarlarga koʻra, bunda Moskvaga qarshi sanksiyalar ikki davlat oʻrtasidagi savdoni murakkablashtirgani sabab boʻlgan. 'Newsweek' vaziyat jiddiylashayotgani haqida yozgan.Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning ikkinchi choragida Xitoy davlat banki Rossiyadagi aktivlarini 37 foizga, Xitoy sanoat va tijorat banki esa 27 foizga qisqartirdi. Ushbu harakatlar xalqaro sanksiyalar tufayli toʻlovlar bilan bogʻliq ortib borayotgan qiyinchilikl