O‘zbekistonda 2020-yil qancha bolada OITS aniqlangani ma’lum qilindi

AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Respublikada OITSga chalingan bolalar haqida ma’lumot berildi.
Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori o‘rinbosari Gulifor Normurodovaning qayd etishicha, 10 yillik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kasallikka chalingan bolalar yildan yilga kamayib bormoqda.
“2020-yil davomida 150 nafarga yaqin bolada OITS kasalligi aniqlandi. Yil bo‘yicha deganda buni umumiy tushunish kerak, chunki bu kasallik bugun yuqib, ertaga aniqlanmaydi, balki 10-20 yil avval yuqqan bo‘lishi mumkin. Lekin aniqlangan vaqti 2020-yilga to‘g‘ri keladi”, – Gulifor Normurodova.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovning ta’kidlashicha, 2020-yilda qayd etilgan kasallikni qariyb 10 foizini bolalar o‘rtasida kasallik tashkil etgan.
“Bolalar o‘rtasidagi kasallanish holatlari hududlar kesimida ham kattalardagi singari aholi gavjum bo‘lgan yoki aholining yashash tarzi boshqa markaziy shaharlarga nisbatan serqatnovligi va rivojlanib borishiga qarab ko‘proq qayd etiladi.
Xususan, Toshkent shahri, Andijon, Samarqand va Farg‘ona viloyatida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq aniqlangan. Qaysiki viloyatda ko‘p kasallik qayd etilgan bo‘lsa, parallel ravishda xuddi shu viloyatda bolalar o‘rtasida ham ko‘proq kasallik qayd etilgan”, – deydi Botir Qurbonov.
SINCHKOV NIGOH BILAN
Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda ekspert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Ekspert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya
XODIMLAR IShTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING
IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi. Treningda asosiy e'tibor jamoada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishida mas'uliyat hissini yanada oshirish ko‘zda tuti
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)
Kelgusi hafta boshida xorijiy valyutalarning kursi qanday boʻladi?
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-may kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 15,07 soʻmga oshib, 12 915,07 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 64,84 soʻmga koʻtarilib, 14 659,90 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,89 soʻmga tushdi va 156,43 soʻmni tashkil qildi.