calendar 12 Oct 18:10
eye 48
comments 0
comments Manba: daryo

“Buxoro viloyatida aholi ehtiyojiga nisbatan 2 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradigan elektr stansiyalari quriladi” — Shavkat Mirziyoyev

image

O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti, O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni buxorolik saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyatda shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyalari qurilishini aytdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shavkat Mirziyoyev viloyatda elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalari yo‘qligini qayd etdi.

“Shuning uchun, 1,6 milliard dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobidan 4 ta shamol, quyosh va issiqlik elektr stansiyasi barpo etiladi. Ushbu stansiyalar yiliga 6,3 milliard kilovatt-soat yoki viloyat ehtiyojiga nisbatan ikki barobar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqaradi.  Jumladan, 2023-yilda Peshku va G‘ijduvonda jami quvvati 1 ming megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi quriladi”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda “Daryo” muxbiri.

Ma’lumot uchun, Prezidentning 23-fevraldagi qarori bilan Buxoro viloyatining Peshku va G‘ijduvon tumanlarida ikkita shamol elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi investitsiya kelishuvi tasdiqlangan.

Buxoro viloyatida 500—1000 megavatt quvvatli ikkita shamol elektr stansiyasi qurilishi, buning uchun viloyatning Peshku hamda G‘ijduvon tumani hududlari tanlab olingani haqida 2020-yilning iyulida ma’lum bo‘lgandi. 2020-yilning sentabrida Peshku va G‘ijduvon tumanlarida shamol elektr stansiyalarining 10 meteorologik ustuni o‘rnatilgandi.

Mazkur stansiyalarni qurish bo‘yicha Energetika vazirligi hamda investor va loyiha kompaniyasi bo‘lgan Saudiya Arabistoni ACWA Power o‘rtasida kelishuv 2021-yilning 24-yanvarida imzolandi. Kompaniya tomonidan Peshku tumanida ACWA Power Dzhankeldy Wind, G‘ijduvon tumanida esa ACWA Power Bash Wind ta’sis etildi.

G‘ijduvon tumanidagi shamol elektr stansiyasi quvvati 500 megavattni, Peshku tumanidagi shamol elektr stansiyasi quvvati esa 300—500 megavattni tashkil etadi. Har bir loyihani amalga oshirish uchun investor 650 million dollardan mablag‘ ajratmoqchi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
70
0
postda.uz

IZLANUVCHAN INSPEKTOR

– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilik­ning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan

13 May 14:38
 
1
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:19
 
47
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'5,44 soʻmga'oshib,'12 920,44 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'295,30 soʻmga'koʻtarilib,'14 252,54 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,03 soʻmga'tushdi va'153,52 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
66
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya