calendar 22 Jul 06:20
eye 42
comments 0
comments Manba: zamin

Prezident maslahatchisi o'rinbosari «Xalq banki» boshqaruvi raisi etib tayinlandi

image

O'zbekiston Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo'yicha maslahatchisi o'rinbosari Shuhrat Xoldorovich Otaboyev aktsiyadorlik tijorat «Xalq banki» boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Shu paytgacha boshqaruv raisi vazifasida ishlagan Farhod Salomov esa boshqa ishga o'tkazilgan. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Shuhrat Otaboyev 1978 yilda tug'ilgan. Dastlab Toshkent moliya instituti, keyinchalik Yaponiyaning Siyosiy fanlar milliy instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1995 yil Navoiy viloyatidagi 14-o'rta maktabda ingliz tili o'qituvchiligidan boshlagan. 1998 yildan boshlab Toshkent davlat texnika universiteti «Kamolot» jamoat markazida bosh hisobchi bo'lib faoliyat yuritgan.

2001–2012 yillarda O'zbekiston Markaziy bankida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2015-2017 yillarda AT «Xalq banki» boshqaruvi raisi o'rinbosari, 2017–2018 yillarda O'zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi o'rinbosari, 2018–2021 yillarda «Ipoteka bank» ATB boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan. 2021 yil fevral oyidan buyon esa O'zbekiston Prezidenti maslahatchisi o'rinbosari vazifasida mehnat qilib kelayotgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
67
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.

14 Apr 06:18
 
51
0
xs.uz

14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v

24 Mar 13:25
 
87
0
xs.uz

Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil

20 Mar 12:53
 
54
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu