calendar 24 Jun 04:40
eye 32
comments 0
comments Manba: sof

A.Qodirov LGBT va axborot piramidasi haqida — sizga yoqmagan yoki siz xato deb hisoblagan xabarni rad eting

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o'rinbosari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasi rahbari Alisher Qodirov bu haqida, jumladan, shunday deb yozadi:

"Vengriya 18 yoshgacha bolalarga LGBT g'oyalarini targ'ib qilish mumkin emasligi haqida qonun qabul qildi.

Shu sabab Evropa Ittifoqiga aʻzo mamlakatlar tomonidan Vengriyaga nisbatan jiddiy taʻsir choralari ko'rishgacha bo'lgan chaqiriqlar, tanqidlar yangramoqda.

Shveytsariyada hijob o'rashni taqiqlash bo'yicha qonun qabul qilinganida hamma olqishlagan edi.

Rostdan ham Evropada yashayotgan insonlar shu qadar dindan nafratlanadilaru, bejinslarga hurmatlari shunchalar balandmi?

Tahlillarga qarasangiz EIga aʻzo davlatlarning deyarli barchasida aholining asosiy qatlami tomonidan LGBT g'oyalari qo'llab-quvvatlanmaydi, kamida «mendan uzoqroq yursa bo'ldi» qabilida yondashuv. Shveytsariyada esa, bilishimcha, Evropaning eng bag'rikeng xalqi yashaydi.

Nima demoqchiman?

Jamiyatda ustuvor talab nima ekanligini odamlar belgilamay qo'yganiga 20 yillar bo'ldi, menimcha. Ijtimoiy tarmoqlarda oqni qora, qorani oq qilib yuborish texnologiyasi muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda. Besh so'm pul yoki beshta follover ilinjida bilib yoki bilmay bu tizimga ishlab yotganlar qancha…

Axborotni isteʻmol qilish PIRAMIDASI haqida gapirgandim. O'qib ko'rarsiz…

Berilgan axborotni o'qimasdan isteʻmol qilish, yolg'on xabar ekanligini bilib turib eʻtiborsiz qoldirish yoki shaxsiy g'arazdan kelib chiqib qoralashda ishtirok etish sizni bu tizimning xizmatkori ekanligingizni yaqqol isbotidir.

Sizga yoqmagan yoki siz xato deb hisoblagan xabarni rad eting va bu haqida munosabat bildiring. Albatta madaniyat bilan. Haqorat uchun 4,9 mln.so'mdan 49 mln.so'mgacha jarima yoki ozodlikdan mahrum qilishgacha javobgarlik belgilangan. Sizni hyech kim shikoyat qilmagani ertaga ham shikoyat qilmasligini kafolatlamaydi.

Faqat shu shaklda dunyoni trollar boshqarishiga qarshilik ko'rsatishimiz mumkin".


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:16
 
54
0
xs.uz

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan oliy taʼlim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish, ularni milliy va xalqaro taʼlim tizimiga moslashtirish yoʻllarini muhokama qilish maqsadida 'Koʻp tarmoqli tadqiqot va taʼlimning global istiqbollari' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ancha keng boʻldi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi

20 Mar 12:54
 
63
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foizga oshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 2025-yil 20-mart kuni oʻtkazilgan yigʻilishda asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirishga va uni 14 foiz darajasida belgilashga qaror qildi.Bu qaror inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi sababli qabul qilingani aytilmoqda.Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mazkur qaror inflyatsion xatarlarni jilovlash, iqtisodiyotda pul-kredit sharoitlarini maqbu

12 Apr 21:15
 
44
0
xs.uz

Yevro kursida keskin koʻtarilish, dollar va rubl ham biroz “qimirladi”

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,95 soʻmga'oshdi va'12 980,33 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'436,37 soʻmga'koʻtarilib,'14 779,40 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,14 soʻmga'oshdi va'154,51 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
45
0
postda.uz

XATO QILISh BORDIR,TUZATMASLIK ORDIR

Probatsiya nazoratiga olinib, kasb-hunar egallashga undash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish ham mahkumlarning o‘z xatolarini tuzatishga berilgan imkoniyat, aslida. Xatirchi tumanida probasiya nazoratidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish maqsadida qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Muloqot davomida mahkumlarning moddiy, ijtimoiy hamda tibbiy masalalar bilan bog‘liq muammolari o‘rganilib, hal etish yuzasidan tegishli m