Oʻzbekistonda ayrim toifa odamlarga niqob taqmaslikka ruxsat beriladi — Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi


Ayrim davlatlarda vaksina olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilayotgan ekan. Bu qanchalik toʻgʻri? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
«Vaksinatsiya jarayonlariga aholining 60-70 foizi qamrab olinishi taʼminlansa, ommaviy immunitet hosil qilinishi toʻgʻrisida koʻp bora taʼkidlaymiz. Ommaviy immunitetning hosil qilinishi koronavirus infeksiyasini nazorat qilish va yengib chiqishda erishilgan katta yutuqdir.
Vaksinatsiyaning toʻliq bosqichlarini olgan inson organizmida koronavirus infeksiyasidan himoya qiluvchi immun hujayralari ishlab chiqiladi. Mazkur hujayralar qancha muddat himoya qilishi borasida toʻliq maʼlumot boʻlmasada, bu hujayralar titri yuqori boʻlgan davrda insonga koronavirus infeksiyasi yuqmaydi.
Albatta, bunday holatda vaksinatsiya toʻliq bosqichlarini olgan va immunitet hujayralari mavjud insonlargina niqobsiz yurishi va ijtimoiy masofani saqlamasligi mumkin.
Baʼzi davlatlarda vaksinatsiya olganlarga niqobsiz yurish va ijtimoiy masofani saqlamaslikka ruxsat berilishi, shu davlatlar aholisi orasida emlanganlar salmogʻi 50 foiz va undan ham koʻproq boʻlganligi hamda aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilinishiga asos mavjudligi bois boʻlishi mumkin. Lekin bunday davlatlar juda ham sanoqli.
Shuni unutmaslik kerakki, oʻtayotgan pandemiya davri tibbiy niqoblar va oʻzaro masofa saqlashning samarasini isbotlab berdi», dedi mutaxassis.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.
14-aprel kuni baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 24-26 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 23-28 daraja issiq boʻladi.Buxoro'v
Elektr, gaz va suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o‘tkazish proaktiv shaklda amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-dekabrdagi 847-son qarori bilan Hukumatning 2019-yil 20-avgustdagi 698-son qaroriga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilib, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va issiq suvni hisobga olish uskunalarini davriy qiyoslashdan o'tkazish davlat xizmati proaktiv shaklda ko'rsatilishi belgilandi.Endilikda aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr, gaz, suv hisoblagichlarini davriy qiyoslashdan o'tkazish uchun murojaat qilish talabi bekor qil
Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda
Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu