calendar 17 May 09:10
eye 33
comments 0
comments Manba: daryo

Isroil HAMASning to‘qqiz nafar qo‘mondoni uylariga aviazarba berganini ma’lum qildi

image

Isroil harbiy aviatsiyasi so‘nggi bir necha soat ichida G‘azo sektoridagi HAMAS harakatining to‘qqiz nafar qo‘mondoni uylariga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari ma’lum qildi, deb yozadi The Times of Israel.

Foto: BBC

“Hujum qilingan uylardan terrorchilik infratuzilmasi sifatida foydalanilgan, ayrimlarida esa qurol omborlari bo‘lgan”, — deyladi Isroil harbiylarining bayonotida.

Ta’kidlanishicha, Beyt-Xanun shahar brigada komandiri, Beyt-Xanun rota komandiri, G‘azo shahar rota komandiri va Al-Shati brigada qo‘mondonining uylari havo hujumiga uchragan. “HAMAS harbiy razvedkasi tomonidan foydalanilgan Shexaya hududidagi uy ham nishonga olindi”, — deya qo‘shimcha qildi Isroil armiyasi.

Bundan tashqari, Isroil mudofaa kuchlari HAMAS harakatining bolalar bog‘chasi va masjid yonida qazilgan yerosti yo‘llariga raketa tashlangani haqida xabar bergan.

17-may, dushanba kuni erta tongda Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektoriga aviazarbalar yo‘llashni qayta boshladi. HAMAS ham Isroilning tinch aholi punktlarini o‘qqa tutishni davom ettirdi. Mojaroning hozirgi keskinlashuvi va zarbalar almashinuvi bir haftadan beri davom etmoqda.

15-may, shanba kuni Isroil havo kuchlari G‘azo sektoridagi mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari jumladan Associated Press va Al Jazeera telekanallarining ofislari joylashgan binoga hujum qildi. Jurnalistlar hujumdan oldin binoni tark etgan. Keyinchalik OAV Isroildan tahririyatlar binosining yo‘q qilinishiga izoh talab qildi. Isroil mudofaa kuchlari mazkur binoda HAMAS razvedka shtab-kvartirasi joylashganini aytib, u yerdagi OAV va jurnalistlardan niqob siatida foydalanilganini da’vo qildi.

16-mayga o‘tar kechasi Isroil mudofaa armiyasi G‘azo sektorida HAMAS harakatining siyosiy byurosi yetakchisi Yahyo Sinvarning uyiga raketa zarbasi bergani haqida xabar berilgan.

Falastin—Isroil nizosining 2014-yildan buyon kuzatilgan eng kuchli avj olishi may oyida Isroil hukumatining Quddusda bir qator arab oilalarini ko‘chirib yuborish qaroridan keyin boshlandi. Bu noroziliklarni keltirib chiqardi hamda Quddusda arab namoyishchilar va Isroil politsiyasi o‘rtasidagi to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi.

Vaziyatga HAMAS aralashdi. Isroil uning politsiyani olib ketish haqidagi talablarini bajarmaganidan keyin, guruh raketalar otishni boshladi. Bunga javoban Isroil G‘azo sektorini o‘qqa tutdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

GʻAROYIB DARAXT

Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt.          Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg

23 Mar 16:44
 
76
0
xs.uz

UFC jangchisi Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga nomzodini qoʻymoqchi

Irlandiyalik aralash yakkakurash ustasi Konor Makgregor 2025-yil noyabr oyidagi Irlandiya prezidentlik saylovlarida prezidentlik uchun oʻz nomzodini ilgari surmoqchi. Bu haqida 'Newsweek' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, UFC jangchisi Irlandiya prezidentligiga saylansa oʻz mamlakatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar oʻrtasida boshpana izlovchilarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimda ishtirok etishiga qarshilik koʻrsatishga vaʼda bergan.'Irlandiya 2026-yil 12-iyungacha Yevropa Itti

15 Apr 07:06
 
36
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

12 Apr 21:15
 
46
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.