Yer yuzidagi tabiat tomonidan yaratilgan eng ajabtovur maskanlar (foto)

Ko‘pchilik sayohat chog‘ida eng go‘zal joylarga tashrif buyurishni yaxshi ko‘radi. Ammo Yer yuzida nafaqat sayyohlarni, balki olimlarni ham qiziqtirib qo‘yuvchi bir-biridan sirli maskanlar mavjud. Ularning ayrimlari bilan quyida tanishish mumkin.
Geyzer Flay, AQSh.
Foto: Wikimedia
Ushbu ajoyib ko‘rinishga ega maskan inson aralashuvi bilan hosil bo‘lgan. 1916-yilda quduq qazilganidan so‘ng suvda eriydigan minerallarda g‘ayritabiiy landshaft paydo bo‘lgan. Geyzerning devorlari esa o‘sishda davom etmoqda.
Salar de Uyuni, Boliviya.
Foto: Wikimedia
Dunyodagi eng yirik sho‘r botqoq. Ushbu qurigan ko‘l o‘zining yorqin oq tuzli tekisliklari va tosh shakllari bilan mashhur. Noyabrdan martgacha yomg‘irli mavsum hisoblanadi. Yog‘ingarchilik natijasida ko‘lning tuz qobig‘i ulkan oynaga aylanadi.
Lensoys-Maranensis, Braziliya.
Foto: Wikimedia
Hudud balandligi 40 metr bo‘lgan ulkan qum tepaliklari bilan qoplangan. Yomg‘irli mavsumda suv tepaliklar orasida to‘planib, ajoyib ko‘rinishni hosil qiladi. Natijada oq qumlar orasida yashil va ko‘k ko‘llarning o‘ziga xos manzarasini tomosha qilish mumkin.
Pamukkale, Turkiya.
Foto: Wikimedia
“Paxta qal’asi” deb nomlanuvchi ajoyib manzara Turkiyada joylashgan. Ushbu hududga har yili minglab sayyohlar tashrif buyuradi. U yerda kaskad shaklida shakllangan suv tepaliklari manzarasiga guvoh bo‘lish mumkin.
Yorqin plyaj, Maldiv orollari.
Foto: Wikimedia
Maldiv orollarida joylashgan yorqin plyaj nafaqat kunduzi, balki tunda ham ajoyib ko‘rinishga ega. Dengiz va suv harakatlari tufayli ushbu manzarani tomosha qilib to‘ymaslik mumkin.
Natron ko‘li, Tanzaniya.
Foto: Wikimedia
Mikroorganizmlarning hayotiy faoliyati natijasida suv yiliga bir necha marta qizg‘ish va pushti ranglarga o‘zgaradi. Bu yerda tuz va ishqorning konsentratsiyasi shunchalik balandki, tasodifan suvga tushgan hayvonlar va qushlar o‘lishi ham mumkin.
Moyeraki toshlari, Yangi Zelandiya.
Foto: Wikimedia
Ulkan toshlar joylashgan ushbu hududga baliqchilar qishlog‘ining nomi berilgan. Plyaj bo‘ylab yuzlab sirli ulkan toshlarni ko‘rish mumkin. Ba’zilarining yuzasi mutlaqo silliq, boshqalar notekis.
Grand Prismatik Spring, AQSh.
Foto: Wikimedia
Buloqning yorqin ranglari uning cheti bo‘ylab minerallarga boy suv bilan mavjud bo‘lgan bakteriyalarning hayotiy faoliyatidir. Bakteriyalarning rangi yashildan qizilgacha o‘zgarib turadi. Buloqning markazidagi suv yuqori harorat tufayli toza hisoblanadi.
Xillier ko‘li, Avstraliya.
Foto: Wikimedia
Suvning pushti rangining sababi sho‘rlanish va ko‘lda yashovchi o‘ziga xos mikroorganizmlardir. Ammo bu nazariya tasdiqlanmagan. Keyinchalik olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, suv o‘tlari va boshqa organizmlar borligi suvga pushti rang berishi aniqlangan.
Rishat, Mavritaniya.
Foto: Wikimedia
Taxminlarga ko‘ra, ushbu manzaraning sababi katta meteoritning ta’siri bo‘lishi mumkin. Ba’zi olimlar esa hududni eroziya natijasida paydo bo‘lgan, deb qaraydi.
Gigantlar ko‘prigi, Shimoliy Irlandiya.
Foto: Wikimedia
O‘zaro joylashgan olti burchakli toshlar ajoyib ladshaftni hosil qilgan. Manzara qadimiy vulqon faoliyatining natijasi ham bo‘lishi mumkin. Chiqib ketish joylari esa lava oqimi tufayli paydo bo‘lgan.
Syudad-Enkantada bog‘i, Ispaniya.
Foto: Wikimedia
Bog‘ning hududi 20 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Landshaft asosan ming yillik iqlim va boshqa tabiiy omillar ta’sirida o‘ta g‘alati va g‘ayrioddiy shakllarga ega bo‘lgan yumshoq cho‘kindi ohaktoshlardan iborat.
Kristal G‘or, Meksika.
Foto: Wikimedia
G‘or yuz ming yillar davomida minerallarning issiq eritmasi bilan to‘lgan. Ushbu g‘orda dunyodagi eng yirik kristallar tabiiy ravishda paydo bo‘ladi.
Kliluk ko‘li, Kanada.
Foto: Wikimedia
Bu yerdagi suv mineral tuzlar bilan to‘yingan va magniy sulgat, kalsiy, natriy, kumush va titanning eng yuqori konsentratsiyasiga ega. Suv omborida minerallarning zichligi yuqori bo‘lganligi sababli faqat mikroorganizmlar omon qoladi.
Iblis minorasi, AQSh.
Foto: Wikimedia
Ushbu tosh qoyasini eslatuvchi minora qadimgi vulqon og‘zida muzlagan eritma hisoblanadi. Minora poydevori esa eroziya natijasida paydo bo‘lgan.
Raqsga tushuvchi o‘rmon, Rossiya.
Foto: Wikimedia
Bu kabi o‘zgarishlarning sababi g‘ozlar qarag‘aylarga zararli ta’sir o‘tkazadi. Yosh daraxtning kurtaklari yeyilganidan so‘ng novdalar o‘z-o‘zidan o‘sish jarayonidan deformatsiyalanadi.
“Vaqt u tomonda emas” — AQSHda Zelenskiy haqida jiddiy bayonot berildi
Kiyev imkon qadar tezroq tinchlik kelishuviga rozi boʻlishi kerak. Bu fikrlarni AQSH armiyasining sobiq polkovnigi Daniel Devis aytib oʻtdi.'Agar Rossiya keng koʻlamli harbiy amaliyotlar oʻtkazmoqchi boʻlsa, u allaqachon Kiyevni yer bilan yakson qilgan boʻlardi, shuning uchun kelishuvni hoziroq, juda kech boʻlmasdan, tuzish kerak', deydi u.Devisning qayd etishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hududiy imtiyozlarni inkor etishda davom etmoqda, ularni keyinroq qaytarishga harakat q
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o
AQSH Mudofaa vazirligi mamlakat armiyasini sezilarli darajada qisqartirishni koʻrib chiqmoqda
AQSH Mudofaa vazirligi Amerika armiyasini sezilarli darajada qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda 'CNN' Pentagon tomonidan tayyorlangan hujjatlarga tayanib xabar bermoqda.'Koʻrib chiqilayotgan rejalar orasida jangovar boʻlinmalarni birlashtirish, ehtimol, qoʻshma kuchlarni rivojlantirish va tayyorlash uchun masʼul boʻlgan idorani tugatish hamda AQSH qoʻshinlarining Yaponiyadagi mavjudligini kengaytirmaslik kiradi', ' deyiladi nashrda.Taklif etilayotgan chora-tadbirlar Dona