calendar 05 Sep 04:30
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir

Yangi tahrirdagi vijdon erkinligi to'g'risidagi qonun loyihasida qator talablar bekor qilinyapti – deputat

image
image

Kecha, 4 sentyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Adliya vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralari bilan birgalikda ishlab chiqilgan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida muhokama etildi. Bu haqda quyi palata deputati Zafar Xudayberdiyev o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʻlum qildi.

Uning qayd etishicha, loyiha bilan diniy tashkilotlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tartib-taomillari yengillashtirilmoqda, xususan, taqdim etiladigan hujjatlar soni qisqartirilmoqda va ularni taqdim etish to'liq elektron ko'rinishda amalga oshirilishi joriy etilmoqda, ro'yxatdan o'tkazishni rad etish asoslari ro'yxati aniq belgilanmoqda.

Quyidagi tartiblar bekor bo'lmoqda:

•    diniy tashkilotni tuzishda mahalla fuqarolar yig'inlari roziligini olish tartibi bekor bo'lmoqda;

•    diniy tashkilotni tuzishda tashabbuskorlarning soni 100 nafardan 50 nafarga qisqartirilmoqda;

•    diniy tashkilotni tugatish yoki faoliyatini to'xtatish huquqi Adliya vazirligidan sudlarga olib berilmoqda;

•    diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqishning 3 oylik muddati 1 oy etib belgilanmoqda;

•    diniy tashkilotni ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni notariusdan o'tkazish bekor qilinmoqda.

"Muhokamada xorijiy ekspertlar qonun loyihasini yuqori baholadilar.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi yig'ilishiga birinchi o'qishga kiritiladi", degan deputat Xudayberdiyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:44
 
101
0
xs.uz

Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi

Qarorga koʻra, oʻrmon fondi resurslaridan samarali foydalanishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi 'Oʻrmontexnoservis' davlat unitar korxonasi negizida 'Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi' davlat muassasasi tashkil etiladi.Markaz quyidagilarni nazarda tutuvchi 'Aqlli oʻrmon xoʻjaligi' (Smart forestry) axborot platformasining yagona operatori hisoblanadi:

31 May 08:49
 
22
0
xs.uz

Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitida qanday fikrlarni ilgari surdi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 'Markaziy Osiyo ' Italiya' sammitidagi nutqiHurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Sammitni yuksak darajada tashkil etgani va an'anaviy mehmondo'stlik uchun Qozog'iston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Qosim-Jomart Kemelovich Toqayev sha'niga aytilgan minnatdorlik so'zlariga qo'shilaman.Italiya Vazirlar Kengashi Raisi, hurmatli Jorjia Meloni xonimga bugungi uchrashuvni tashkil etish haqidagi tashabbusi uchun yana bir bor tashakkur izhor eta

14 Apr 06:18
 
55
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

16 Apr 09:12
 
77
0
xs.uz

Namanganda 16 yoshli qiz boshqargan mashina kanalga tushib ketdi

Namangan viloyatida 'Spark' kanalga tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok boʻldi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, hodisa joriy yilning 23-mart kuni Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanida yuz bergan. Ushbu tumanda yashovchi fuqaro oʻzining boshqaruvidagi 'Spark' rusumli avtomashinasini hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan 16 yoshli qiziga ishonib topshirgan. Orqa oʻrindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi boʻlgan