calendar 13 Aug 05:40
eye 151
comments 0
comments Manba: sof

O'zbekistonda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi

image

O'zbekiston Respublikasi prezidentining "Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori imzolandi.

Qaror bilan O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • Imom Moturidiy va uning izdoshlari bo'lgan allomalarning ulkan ilmiy, diniy-maʻnaviy merosini chuqur o'rganish va ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish;
  • Imom Moturidiy, Abu Muin Nasafiy kabi allomalarning kalom ilmi rivojiga qo'shgan hissasi va uning taraqqiyotida tutgan o'rnini chuqur tadqiq etish;
  • yosh avlodni islom dinining asl qadriyatlari ruhida tarbiyalash;
  • mamlakatda hamda xorijiy davlatlarda saqlanayotgan buyuk allomalarning kalom ilmiga oid merosi hamda islom dunyosi uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan asarlarning acl hamda elektron nusxalarini to'plash va kelajak avlodga yetkazish uchun tizimli ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish;
  • islom tarixi va kalom ilmi yo'nalishidagi yangi tadqiqotlar natijalaridan ilmiy jamoatchilikni keng xabardor etish.

Markaz direktori Din ishlari bo'yicha qo'mita bilan kelishilgan holda, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Markaz faoliyati quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:

  • O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag'lari;
  • jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Shuningdek, xorijiy tadqiqotchi va izlanuvchilar uchun Imom Moturidiy nomidagi xalqaro stipendiyani taʻsis etiladi.

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi Markaz va O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Taʻlim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha Islom olami tashkilotiga (ICESCO) aʻzo mamlakatlar va boshqa davlatlarning maxsus muassasalari, universitetlari o'rtasida samarali xalqaro hamkorlikni o'rnatish va rivojlantirish bo'yicha aniq choralarni ko'rib boradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

28 Feb 01:18
 
48
0
xs.uz

Prezident Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-fevral kuni nufuzli 'Katta dubulgʻa' xalqaro turniri doirasida mamlakatimizda boʻlib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbari Marius Vizerni'qabul qildi.Mazkur yirik sport tashkiloti bilan mamlakatimizda dzyudo maktabini rivojlantirish va ushbu yakkakurash turini ommalashtirish borasidagi samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston xalqaro federatsiya faoliyatida faol ishtiro

19 Feb 00:20
 
48
0
xs.uz

Sirdaryo viloyati FVB boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻiga yangi oʻrinbosar tayinlandi. Bu haqda FVV axborot xizmati'xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan podpolkovnik Gazixoʻjayev Asror Shavkatovich Sirdaryo viloyati FVB boshligʻining Profilaktika boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.Tayinlovga qadar podpolkovnik Gazixoʻjayev Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Guliston shahar FVB boshligʻi lavozimida faol

20 Mar 12:54
 
11
0
xs.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish chora-tadbirlari kuchaytirilishini maʼlum qildi. Unda har bir mahalla va xonadonga tushib, huquqbuzarlik omillarini aniqlash va ularga qarshi profilaktik ishlarni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.Murojaatda jinoyatga moyil shaxslar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri uchrashuvlar oʻtkazish va 'fuqarobay' ish tizimini joriy etish rejalashtir

26 Feb 17:05
 
48
0
xs.uz

Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir - Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif Oʻzbekiston-Pokiston biznes forumida ishtirok etdilar.Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Pokiston tomonidan 'Al-Rafique Enterprises,' 'Mehran Dates Products', 'Brighto Chemicals', 'Transfopower Industries', 'FWO', 'T.M.C', 'Pakistan Mobile', 'TCS' va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.Davlatimiz rahbari oʻz