Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir - Shavkat Mirziyoyev. Oʻzbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri qoʻshma biznes forumida ishtirok etdi

Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari ishtirok etdi. Pokiston tomonidan 'Al-Rafique Enterprises,' 'Mehran Dates Products', 'Brighto Chemicals', 'Transfopower Industries', 'FWO', 'T.M.C', 'Pakistan Mobile', 'TCS' va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida bugun boʻlib oʻtgan samarali muzokaralarda koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilingani, katta reja va vazifalar belgilab olinganini taʼkidladi. Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzishga kelishib olindi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning 'lokomotivi' sifatida belgilandi.
- Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir, - dedi Prezidentimiz.
Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, 130 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. Shu jihatdan Oʻzbekiston Pokistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo sherigiga aylandi.
Keyingi yillarda biznes uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Lahor bilan aviaqatnovlar tiklandi, reyslar sonini koʻpaytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan. Biznes forumlari, sanoat koʻrgazmalari oʻtkazilmoqda. Karachi va Toshkent shaharlarida savdo uylari tashkil etilgan.
Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligi yangi loyihalar bilan boyimoqda. 'Pak Merit', 'Diamond Group', 'Silk-way', 'Getz Pharm', 'Gerbion', 'NLS' va boshqa kompaniyalar bilan loyihalar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi.
Avvalo, yiliga kamida ikki marta ' Oʻzbekiston va Pokistonda biznes vakillarini keng jalb qilgan holda ishbilarmonlik tadbirlarini muntazam oʻtkazib borish muhimligi taʼkidlandi.
Jugʻrofiy yaqinlikni hisobga olib, tovar ayirboshlash hajmini keskin oshirish, shu jumladan amaldagi Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish, fitosanitariya, karantin va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Elektron savdo platformalarini integratsiya qilishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Transport va logistika imkoniyatlari kengaymoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuk tashish hajmi 5 barobar oshdi. Ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelajakda ushbu strategik yoʻl Pokiston bandargohlari olib chiqishi mumkin, bu esa oʻzaro savdo va investitsiyalarni sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish mamlakatlarimizning tub manfaatlariga mosdir.
Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, geologiya, togʻ-kon, elektrotexnika, toʻqimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlardagi loyihalar shular jumlasidan.
Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Shu maʼnoda, hududlar rahbarlarining oʻzaro tashriflarini faollashtirish, bunda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini keng jalb etish muhimligi qayd etildi.
Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar dasturini, shuningdek, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, sheriklikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini taʼkidladi.
Shavkat Mirziyoyev va Jorja Meloni bir qator muhim hujjatlarni imzoladi
Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani qabul qildilar.Ular huzurida tashrif doirasida imzolangan, jumladan:Shuningdek, rasmiy tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, 'SIMEST' va 'Danieli' kompaniyalari, Peruja universiteti hamda boshqa tashkilotlar bilan qator hujjatlar imz
Oʻzbekistondagi barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgartiriladi
Bundan buyon barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan oʻzgarishi belgilandi. Prezident buni Termiz pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.Qayd etilishicha, bu oliygohga Yangi Oʻzbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. 'Top' xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar oʻrnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlangʻich taʼlim boʻyicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika
Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi
Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard
Prezident “Parkentsoy” turar joy massivining qurilishi bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlarning iqtisodiy rivoji va yangi loyihalar bilan tanishish maqsadida 18-iyun kuni Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdi. Dastlabki manzil 'Parkentsoy' turar joy massivi boʻldi.Hududlarni 'oʻsish nuqtalari'ga tayanib rivojlantirish, aholiga munosib turmush sharoitlari yaratish ' davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi. Bunday oʻzgarishlar Parkent tumanida ham namoyon.Tuman markazidan oqib oʻtuvchi Parkentsoy qirgʻogʻida q