Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?

Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosita qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilgan.
AUIC asosiy diqqat-eʼtiborini uzoq muddatli barqaror oʻsish dinamikasiga ega boʻlgan kompaniyalar va loyihalarga qaratadi. Shu bilan birga, kompaniya har ikki respublika strategik manfaatlariga mos keladigan tashabbuslar boʻlsa, boshqa mamlakatlardan ham takliflarni koʻrib chiqishga ochiq. Kompaniya barqaror talabga ega boʻlgan sohalarga, shuningdek, yuqori oʻsish salohiyatiga ega istiqbolli rivojlanayotgan tarmoqlarga sarmoya kiritadi. Ustuvor yoʻnalishlar sifatida moliyaviy sektor, transport, energetika, sogʻliqni saqlash, logistika va qayta ishlash, farmatsevtika, bioindustriya, fintex, IT va taʼlim sohalarini misol qilish mumkin.
Tarmoqlar va kompaniyalar boʻyicha portfelni diversifikatsiyalash AUICning investitsion strategiyasining asosidir. Hamkorlarni tanlashda muhim mezonlar sifatida uzoq yillik muvaffaqiyatli tajribaga ega boʻlgan tajribali boshqaruv jamoalari, shuningdek kompaniyalarning moliyaviy barqarorligi: ijobiy kredit tarixi, qarz/EBITDA koeffitsiyenti 3 dan past va qarz xizmatini qoplash koeffitsiyenti 2 dan yuqori boʻlishini aytish mumkin. AUICning oʻziga xos jihati ' uchinchi shaxslarga masʼuliyatni tashlamasdan toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirishdir. Bu, oʻz navbatida, investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida tezkorlik va nazoratni taʼminlaydi.
Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasining ish modeli 49 foizgacha ulush bilan minoritar ishtirok etish tamoyiliga asoslanadi. Bunday yondashuv AUICga xususiy kompaniyalar kapitaliga kirishga imkon beradi, ammo ular ustidan nazoratni daʼvo qilmaydi. Demak, tadbirkorlarga boshqaruvni saqlab qolish va asosiy qarorlarni mustaqil qabul qilishdek maqbul sharoitni tugʻdiradi. Shu asnoda kompaniyalar moliyaviy va strategik qoʻllab-quvvatlovga erishadilar. Zero, bu oʻsish va rivojlanish uchun oʻta zarurdir.
Bu muvozanat ' tasodif emas, balki ongli strategiyadir. Tasavvur qiling: hamkor 51 foiz ulush va yetakchi rolni saqlab qoladi, strategik qarorlar uchun javobgar boʻladi, AUIC esa investor va yordamchi sifatida resurslar, tajriba, mintaqaviy imkoniyatlarga kirishni taʼminlaydi. Bunday hamkorlik tuzilmasi boshqaruv mustaqilligini, qarorlar qabul qilishda moslashuvchanlikni va tomonlar oʻrtasida masʼuliyatning samarali taqsimlanishini taʼminlaydi.
Kompaniyaning strategik maqsadlariga import oʻrnini bosish, innovatsion va qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirish, mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlashni oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kiradi. Investitsiyalar hajmi 1 million dollardan 25 million dollargacha, ishtirok ulushi esa 49 foizdan kam. Kutilayotgan minimal daromadlilik (IRR) ' 12 foiz, kapital multiplikatori ' 1,5'2,5x, chiqish muddati ' 5'8 yil.
AUIC loyihalarni strategik boshqarishda faol ishtirok etadi: direktorlar kengashiga kiradi, yuqori menejmentni tasdiqlaydi, moliyaviy va operatsion majburiyatlarni belgilaydi, korporativ boshqaruvning eng yaxshi amaliyotlarini joriy etadi, jumladan muntazam moliyaviy va operatsion hisobotlarni talab qiladi. Chiqish strategiyasining ustuvor yoʻnalishi ' ulushni strategik hamkorga sotish. Muqobil variantlar ' put-optsion, IPO va aksiyalarni ikkilamchi sotib olish. Qarorlar chiqish muddatlari, kutilayotgan daromadlilik va bozorning joriy holatini tahlil qilish asosida qabul qilinadi.
Moliyalashtirish uchun ariza topshirish uchun hujjatlarning toʻliq toʻplami kerak. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi: mahsulot, bozor, jamoa va oʻsish strategiyasi haqida batafsil tavsiflangan loyiha biznes-rejasi, bozor tadqiqoti va texnik-iqtisodiy asos (TIA), loyiha asoslanganligi va istiqbolliligini tasdiqlovchi hujjatlar. Shuningdek, tashabbuskorning moliyaviy hisobotlari ' iqtisodiy holati va barqarorligini aks ettiruvchi, tashabbuskor haqida qisqacha tuzilgan tuzilma ' tajriba, loyihadagi roli va motivatsiyasi keltirilgan boʻlishi lozim.
AUIC 80 million dollardan ortiq mablagʻni tasdiqlangan loyihalarga sarmoya sifatida kiritish jarayonida. Hozirda yangi takliflarni faol koʻrib chiqishda davom etmoqda. Har bir loyiha toʻliq va batafsil hujjatlar toʻplami asosida individual tarzda baholanadi. Arizalarni koʻrib chiqish elektron pochta orqali amalga oshiriladi: office@auic.uz.
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to'g'risidaO'zbekiston Respublikasi Prezidentining FarmoniAholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:I.'Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish1.'2025-yil 1-iyuldan'boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam ta'
Jahon banki Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari beradi
Jahon banki Ijroiya direktorlar kengashi tomonidan Oʻzbekistonga 100 million AQSH dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratilishi maʼqullandi. Ushbu mablagʻlar elektr taqsimlovchi tarmoqlarni isloh qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tizimga ulash hamda muhim hududlarda elektr taʼminotining ishonchliligini oshirishga yoʻnaltiriladi.Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollarni tashkil etadi. Undan 50 million dollari 'Hududiy elektr tarmoqlari' AJ tomonidan oʻz mablagʻlari hisob
Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan 'Fargʻona' yoʻli va 'Abdurauf Fitrat' koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, 'ekobozor', koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ish
Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.