Respublika Milliy matbuot markazida mahoratli jurnalist Said Rahmonovning 'Oltin meros press' nashriyotida chop etilgan 'Hamohanglik' kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Mazkur kitobga kiritilgan 35 ga yaqin maqolalar fermerlarning bugungi ishlari va tashvishlari, ularning yutuqlari, oilaviy koʻp tarmoqli korxonalarning izdoshlari va vorislari, oʻzi mustahkam oyoqqa turgan gʻayratli va gʻamxoʻr odamlar haqida hikoya qiladi. Har bir qahramoni nafaqat qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining isteʼdodli tashkilotchisi, fermer, baxtli oilalarning boshligʻi va oʻz Vatanining vatanparvaridir. Asosiysi, boshqalarga, birinchi navbatda, farzandlari va nabiralari uchun namuna. Har bir suhbatdoshi ertangi kun uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi.
' Keyingi paytda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotimiz dvigateli boʻlib qoldi. Maydonlar koʻpaymoqda va sohaga yangi tadbirkorlar, yirik korporatsiyalar, xususiy fermerlar kirib kelmoqda, ' deydi Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori Laziz Rahmatov. ' Iqtidorli jurnalist Said Rahmonov qishloq xoʻjaligining uygʻonish davrini har bir maqolasida teran ochib bergan. Mavzular qamrovi keng, qaysi muammo boʻyicha maqolaga qoʻl urmasin, eng avvalo, jahonning ilgʻor tajribasini oʻrganadi, muammoni chuqur ichiga kiradi, oʻzgarayotgan jamiyatimizga foydasi tegadigan aniq va joʻyali takliflarni ilgari suradi. Toʻplamdagi har bir maqola professional jurnalistning tinimsiz izlanishlari, soʻzning ustida puxta ishlashi mahsulidir, shuningdek, oʻquvchining tafakkurini ochishga, fikrlashga undashi bilan gʻoyat ahamiyatlidir.
Jurnalistikada 'Sarlavha yarim yutuq' degan fikr bor. Said Rahmonov ularni topishda juda kreativ yondashadi: 'Oʻzbekistonda yashash brendga, biznes yuritish trendga chiqadi', 'Neʼmatidan xizmati qimmat', 'Unutilgan eskilikning biz bilmagan yangiliklari', 'Pomidorning dorisi koʻpmi, zori koʻpmi?', 'Achchiq ekinning shirin hosili', 'Kuyaning uyi kuysin', 'Bozorga tushganlarning tarvuzi qoʻltigʻidan tushib qaytayotgani rost...mi?', 'Sariyogʻdek kesilgan togʻlar maskani', 'Sara urugʻ ' hosil boʻliq' kabi qiziqarli sarlavhalar, koʻplab maqollarni oʻrinli qoʻllashi oʻquvchi ishtiyoqini qitiqlaydi, maqolani yanayam oʻqishli qiladi.
Toʻplamdan muallifning Hindiston, Qozogʻiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya davlatlariga amalga oshirgan xizmat safarlari davomida yozgan juda qiziqarli maqolalari ham oʻrin olgan.
'Hamohanglik' kitobi qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari, ixtisoslashgan mutaxassislar, umuman qoʻliga qalam olib, ijod qilayotgan har bir jurnalist, ayniqsa, oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar uchun juda foydali nashrdir. Albatta, kitobni oʻqing!
'Xalq soʻzi'.
Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 6-iyun kuni nishonlanadi
Xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat va bag'rikenglik kabi ezgu fazilatlar timsoli bo'lgan, asrlar davomida ma'naviy hayotimizda muhim o'rin tutib kelayotgan muborak Qurbon hayitining ahamiyati Yangi O'zbekistonda ijtimoiy davlat barpo etish jarayonlari hal qiluvchi bosqichga kirayotgan bugungi sharoitda tobora ortib borayotganini hisobga olib hamda ushbu qutlug' ayyomni har tomonlama munosib kutib olish va o'tkazish, shuningdek, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-a
Bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan parlament soʻrovi yuboriladi
Yalpi majlisda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash boʻyicha koʻrilayotgan choralar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.Qayd etish joizki, soʻnggi yillarda mamlakatimizda bolalarga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yaxshilash, bu borada ilgʻor xorijiy tajribadan hamda zamonaviy diagnostika va davolash texnologiyalaridan foydalanish, shuningdek, hududiy tibbiyot muassasalari imkoniyatlarini yanada kenga
“Oʻzgidromet” hafta oʻrtasida harorat keskin koʻtarilishidan ogohlantirdi
'Oʻzgidromet' 14html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-may kunlari Oʻzbekistonda kutilayotgan issiq harorat haqida favqulodda maʼlumotni eʼlon qildi.14-mayda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 15html5-dom-document-internal-entity1-minus-end16-mayda Oʻzbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari +39, +41 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda esa +42, +43 darajagacha koʻtariladi.14html5-dom-document-
Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi
Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabr