calendar 16 Apr 15:12
eye 66
comments 0
comments Manba: xs.uz

Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni koʻtarinki ruhda nishonlandi

image
Gʻayrat Otajonov/'Xalq soʻzi'. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida 'Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni' munosabati bilan tantanali bayram kechasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti bosh kotibi Sultanbay Rayev, dunyoga mashhur fransuz dirijyori Natali Maren va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi.



Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz rahbarligida madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishga, soha xodimlariga qulay shart-sharoitlar yaratishga va ularning xizmatlarini munosib baholashga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Azaldan sanʼat va madaniyat insonlarni doimo ezgulikka, xayrli ishlarga yetaklab kelgan. Zero, jamiyat taraqqiyotida, koʻp millatli xalqimizning maʼnaviy olamini boyitishda, ayniqsa, yurtimizni dunyoga tanitishda madaniyat va sanʼatning tutgan oʻrni alohida hisoblanadi.



Tantanali tadbir davomida 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti xodimlari, yurtimizning bir qator soha fidoyilariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan mukofotlar topshirildi. Qoraqalpogʻistonlik soha xodimlari 'Turksoy' xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining medali bilan taqdirlandi.

Isteʼdodli xonadalar va sanʼatkorlarning chiqishlari bayramga oʻzgacha zavq bagʻishladi. Shu tariqa Madaniyat va sanʼat xodimlari kuniga bagʻishlangan tadbir Nukus shahrida koʻtarinki ruhda keng nishonlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:46
 
43
0
xs.uz

Toshkentda noqonuniy elektron tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullangan shaxslarning faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahardagi boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 'B.S.' MCHJga qarashli savdo shoxobchalarida hech qanday ruxsatnomalarsiz turli nomdagi tamaki va elektron tamaki mahsulotlari savdoga qoʻyilgani aniqlangan.Ushbu nuqtalardan umumiy qiymati qariyb 12 milliard soʻmlik mahsulotlar, jumladan, 56 mingdan ortiq elektron tamaki, 25 mingdan ziyod suyuqliklar, 10 mingdan ortiq tamaki chekish uskunalari va minglab kalyan vositalari daliliy

31 May 08:49
 
24
0
xs.uz

Odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi oʻzgartirishlarga koʻra, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi. Bu oʻzgartirishlar 2025-yil 19-may kuni qabul qilingan 'Odam savdosi jinoyati uchun jazoni kuchaytirish toʻgʻrisida'gi qonun bilan amalga oshirildi.Yangi tahrirga binoan, Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi jinoyatini qalbaki hujjatlar asosida yoki jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qoʻygan,

15 Apr 07:05
 
68
0
xs.uz

Kitob tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat Kitob tumani Ichki ishlar boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB'xabar berdi.Qayd etilishicha, Kitob tumani hokimiyatida viloyat IIB boshligʻi polkovnik Abduvohid Ismoilov jinoyatlarni oldini olish, roʻy berganlarini fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtgan.Yigʻilishda tashkil

16 Apr 15:12
 
84
0
xs.uz

Andijonda baliqchilikni rivojlantirishga 50 mln dollar ajratiladi

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda Andijon viloyatidagi 5,7 ming gektar sunʼiy suv havzalarining atigi 23 foizida intensiv usulda baliq yetishtirilayotgani maʼlum qilindi.Andijon tumanidagi tadbirkor 15 million dollar hisobiga 320 gektarda intensiv usulda baliq yetishtirish, 500 ta xonadon bilan kooperatsiya qilish tashabbusini bildirgan. Loyiha doirasida 27 turdagi karp baligʻidan mahalliy sharoitga mos baliq nasli yaratish reja qilingan.Ushbu loyihaga Osiyo taraqqiyot banki ilk b