calendar 20 Mar 12:53
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

image
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.

Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 1978-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi aniqlandi. Mazkur shaxs ushbu mablagʻni bojxona deklaratsiyasiz, yashirin yoʻllar bilan Qozogʻistonga olib chiqmoqchi boʻlgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan toʻplangan mablagʻlarni ushbu ayolga topshirgan yana bir shaxs ham fosh etildi. Toshkent tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 1989-yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadoni tekshirilganda, qoʻshimcha ravishda 399 ming 170 AQSH dollari borligi aniqlandi. Ushbu mablagʻ kelgusida noqonuniy tarzda Qozogʻistonga olib oʻtish uchun tayyorlab qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Natijada tezkor tadbir davomida jami 1 million 273 ming 170 AQSH dollari noqonuniy muomaladan chiqarildi va ashyo dalil sifatida olib qoʻyildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi 'a' bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:18
 
75
0
xs.uz

Mahsuloti xorijnikidan qolishmaydigan korxona

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilayotgan qulay sharoit tufayli mahalliylashtirish orqali import oʻrnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish koʻlami ortdi. Bu ichki bozordan ortinib, xorijga eksport salohiyatini kengaytirish imkonini bermoqda. Joriy yilda Andijon viloyatidagi 400 ga yaqin eksportchi korxonalar tomonidan 149,4 mln. AQSH dollariga teng qiymatdagi mahsulot eksport qilindi. Bunda Jalaquduq tumanidagi 'SPZ-Bearings' Oʻzbekiston-Ro

13 May 14:37
 
21
0
xs.uz

Tersak mahallasiga “turizm qishlogʻi” sertifikati topshirildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Urgut tumanida 'Tersak' turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Turizm qoʻmitasi raisi Ulugʻbek Shodiyev, viloyat va tuman hokimliklari masʼullari, soha mutaxassislari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taxtaqoracha dovoni yoqasida, togʻlar bagʻrida joylashgan 'Tersak' qishlogʻi zamonaviy infratuzilma hamda milliy anʼanalar uygʻunlashgan manzil sifatida mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun jozibador maska

21 Apr 08:33
 
34
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

13 May 14:37
 
29
0
xs.uz

Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan uchrashuv oʻtkazdi

2025-yil 12-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Eduards Stiprays bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilinib, bu aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish zarurligi taʼkidlandi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish, shuningdek, tajriba va axborotlar bilan oʻzaro boʻlishishni davom ettirishga