calendar 20 Mar 12:53
eye 31
comments 0
comments Manba: xs.uz

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

image
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.

1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab boshqarib ketayotgan vaqtida transport vositasining elektr simlaridan chiqqan qisqa tutashuvi sabab yuk mashinasida yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin FVB Oltinkoʻl tuman boʻlimi xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Asaka tumani FVB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
26
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur

09 Mar 06:33
 
33
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev 6 ta xorijiy davlatlarning yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi

Bugun, 6-mart kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev favqulodda va muxtor elchilar ' Misr Arab Respublikasidan Tamer Fatxi, Italiya Respublikasidan Pergabriyel Papadia de Bottini, Qirgʻiz Respublikasidan Duyshonqul Chotonov, Belarus Respublikasidan Aleksandr Ogorodnikov, Gruziyadan David Kotariya va Turkiya Respublikas

26 Feb 17:04
 
54
0
xs.uz

Samarqand va Xorazmda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Samarqand va Xorazm viloyatlarida aksiz markasiz tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi qalbaki mahsulotlar musodara qilindi.Samarqand viloyatining Narpay tumanida 'Alisher Navoiy' mahallasida joylashgan savdo doʻkoni tekshirildi. Fuqaro M.N. sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan 51 turdagi, umumiy bahosi 41,3 mil

20 Mar 12:54
 
16
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202