calendar 26 Feb 17:04
eye 110
comments 0
comments Manba: xs.uz

Samarqand va Xorazmda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

image
Samarqand va Xorazm viloyatlarida aksiz markasiz tamaki va alkogolli mahsulotlarning noqonuniy savdosi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departament va ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi qalbaki mahsulotlar musodara qilindi.

Samarqand viloyatining Narpay tumanida 'Alisher Navoiy' mahallasida joylashgan savdo doʻkoni tekshirildi. Fuqaro M.N. sifatini tasdiqlovchi hujjatlarga ega boʻlmagan 51 turdagi, umumiy bahosi 41,3 million soʻmlik 916 dona qalbaki aksiz markali alkogolli mahsulotlarni sotuvga qoʻygani aniqlandi. Barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, Narpay tumanidagi 'Mirbozor bozori' hududida faoliyat yurituvchi 'N.E.' xususiy korxonasi rahbari E.T.ga tegishli doʻkonda 29 turdagi, 60 million soʻmlik 3 ming 147 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda sotilayotgani maʼlum boʻldi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari mazkur mahsulotlarni musodara qildi.

Xorazm viloyatida ham shu kabi noqonuniy faoliyat bilan shugʻullangan shaxslarga nisbatan choralar koʻrildi. 'D.U.' MCHJga tegishli savdo doʻkonida sotuvchi fuqaro B.A. 57 turdagi, umumiy bahosi 43,3 million soʻmga teng boʻlgan 2 ming 139 dona aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotishga uringani aniqlandi. Barcha tovarlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda ushbu holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki aksiz markalarini tayyorlash va tarqatish) va 186-1-moddasi (qonunga xilof ravishda alkogolli va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi. Tergov ishlari davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
26
0
xs.uz

Endi nogironlik pensiyalari proaktiv shaklda tayinlanadi

'Nogironlik pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashda proaktiv xizmatlarni joriy etish toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-194-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Qarorga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning quyidagi soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi:2025-yil 1-oktyabrdan davlat pensiya taʼminotiga oid hamda AT 'Xalq banki' tomonidan pensiyalarni na

31 May 08:49
 
33
0
xs.uz

Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat toʻliq stavkada faoliyat yuritadi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Endi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari va ularga biriktirilgan muassasalar, shu jumladan mahalla tibbiyot punktlari, xizmat koʻrsatayotgan aholi sonidan kelib chiqqan holda yuridik maqomga ega oilaviy poliklin

31 May 08:49
 
31
0
xs.uz

Sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' xabar berdi.Farmonga koʻra, aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishning zamonaviy, samarali va xalqchil tizimini joriy etish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasini tubdan takomillashtirish koʻzda tutilgan. Farmonda belgilangan asosiy maqsadlard

31 May 08:49
 
51
0
xs.uz

MIB tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmi ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 19-may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yangi nizomga koʻra, davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega boʻlgan xodimlar ijro yigʻimi hisobidan moddiy ragʻbatlantiriladi.Ushbu nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tizimidagi davlat ijrochilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini belgilab beradi.Nizomga muvofiq, moddiy ragʻbatlantirishning aniq miqdori Ijro ishi yuri