calendar 09 Mar 06:34
eye 65
comments 0
comments Manba: xs.uz

Migrantlarsiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 16,8 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

image
Jahon banki 'Oldinga yoʻl: Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida muvaffaqiyatli migratsiyani qoʻllab-quvvatlash' nomli hisobotini taqdim etdi. Hisobot taqdimoti 5-mart kuni Toshkent shahrida'boʻlib oʻtgan.

Unda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsiya tendensiyalari va ularning davlat siyosatiga taʼsiri tahlil qilingan. 2023-yil holatiga koʻra, tojikistonlik va qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining 80 foizdan ortigʻi Rossiyaga yoʻl olgan. Oʻzbekistonlik muhojirlar oqimi koʻproq diversifikatsiyalangan: 57 foizi Rossiyada, 15 foizi Qozogʻistonda va 10 foizi Ukrainada ishlaydi.

'Markaziy Osiyo mamlakatlarida mehnat migratsiyasi millionlab fuqarolar uchun asosiy daromad manbalaridan biri boʻlib qolmoqda', deyiladi hisobotda.

Qayd etilishicha, 2024-yil holatiga koʻra, mehnat muhojirlarining pul oʻtkazmalari Tojikiston yalpi ichki mahsulotining 45 foizini tashkil etdi ' bu nisbiy maʼnoda dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichdir. Qirgʻizistonda pul oʻtkazmalarining YAIMdagi ulushi 24 foiz, Oʻzbekistonda esa 14 foizni tashkil etdi.

'Ushbu mamlakatlardan kelgan muhojirlar chet elda ishlash orqali oʻz daromadlarini ikki yoki uch baravar oshirishlari mumkin, bu esa ularning oilalari turmush darajasini sezilarli yaxshilaydi. Xususan, Qirgʻizistonda pul oʻtkazmalari oladigan uy xoʻjaliklari orasida kambagʻallik darajasi 10 foizdan kam, ularsiz esa 50 foizdan oshgan boʻlardi', deyiladi JB hisobotida.

Hisob-kitoblarga koʻra, Oʻzbekistonga pul oʻtkazmalari boʻlmasa, mamlakatdagi kambagʻallik darajasi 9,6 foizdan 16,8 foizgacha oshishi mumkin.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
23
0
xs.uz

Zargarlarning xomashyo bilan bogʻliq birorta muammosi boʻlmasligi kerak — Prezident

Zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.Qayd etilishicha, endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi.Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy koʻrinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshiril

31 May 08:51
 
101
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do

04 Jun 02:44
 
100
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,18 soʻmga'oshdi va'12 834,61 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'175,82 soʻmga'koʻtarildi va'14 662,26 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,05 soʻmga'oshib,'162,65 soʻmni'tashkil etdi.

31 May 08:50
 
25
0
xs.uz

Dollar kursi sezilarli pastlashdan soʻng yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,17 soʻmga'oshdi va'12 790,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'86,40 soʻmga'koʻtarildi va'14 486,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,03 soʻmga'tushib,'162,60 soʻmni'tashkil etdi.