'Suv omboridan yillik qattiq oqimni (suvda erigan va tubda to'plangan cho'kindilar) yuvish jarayonida umumiy hajmi 1 mln.m³ bo'lgan suv GES binosi va beton to'g'on ichida joylashgan yuvish galereyasi orqali o'tkaziladi. Bu jarayonda yuvish galereyasi inshootining kontakt yuzasiga katta gidrostatik yuklama ta'sir qiladi.
Asosiy ishqalanish yuklamasi yuvish galereyasining tub qismiga va devorlarning o'rtasigacha bo'lgan qismiga tushadi. Yuvish galereyasining butun uzunligi bo'ylab tub qismi quyma temir plitalar bilan qoplangan. Quyma temir ' yemirilishga chidamli va uzoq muddat xizmat qiluvchi material bo'lib, plitalarning konstruksiyasi eskirgan qismlarini yangilari bilan almashtirish imkonini beradi.
' Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga asosan, devorlarning yuqori qismi va yopma qismi yuqori yemirilishga chidamlilik va suv o'tkazmaslik xususiyatlariga ega bo'lgan maxsus yemirilishga chidamli beton bilan mustahkamlangan, ' deydi 'Gidroproyekt' AJ Loyiha bosh muhandisi Aleksandr Baglikov.
Ta'kidlash joizki, bu turdagi beton ishlarini qurilish jarayonida qo'llash maxsus tayyorgarlik va laboratoriya sinovlarini o'tkazish kabi tadbirlarni bajarish talab etadi. Mazkur tadbirlar Bosh loyiha tashkiloti ' 'Gidroproekt' AJ, Eronning loyiha tashkiloti ' 'U SUV ALAN' MCHJ, buyurtmachi ' 'Gidroqurilish buyurtmachi xizmati' MCHJ va Bosh pudratchi ' 'To'palang HPD Holding' MCHJ mutaxassislari ishtirokida amalga oshirildi.
Betonning yemirilishga chidamliligini baholash maxsus laboratoriya usullari yordamida amalga oshiriladi:
' ishqalanishga chidamlilik sinovi ' beton namunasining massasi yo'qotilishini suv oqimi tarkibidagi qattiq zarralar ta'sirida o'lchash;
' ishqalanish sharoitidagi mustahkamlik sinovi ' qattiq zarrachalarning mexanik ta'siri orqali ekspluatatsiya sharoitlarini modellashtirish;
' betonning yemirilishga chidamlilik markasini aniqlash ' standart sinovlarda massa yo'qotilish darajasiga qarab tasniflash.
'Quyi-Chotqol GESning yuvish galereyasi uchun quyidagi parametrlarga ega bo'lgan B60 sinfidagi og'ir beton ishlab chiqildi:
' mustahkamlik ' 77,06 MPa (786 kg/sm²);
' zichlik ' 2500 kg/m³;
' aralashmaning harakatchanligi ' P3-P4;
' muzga chidamlilik ' F300html5-dom-document-internal-entity1-lt-end;
' suv o'tkazmaslik ' W18html5-dom-document-internal-entity1-lt-end.
' B60 betoni uchun komponentlar normativ hujjatlarga muvofiq tanlab olingan bo'lib, bu uning yuqori mustahkamligi va ishqalanishga chidamliligini ta'minlaydi, ' deydi 'Gidroproyekt' AJ laboratoriyasi bo'lim boshlig'i o'rinbosari G'ayrat Nurimbetov.
Bosh pudratchi loyiha menejeri Valijon Ahmedovning aytishicha, 'Gidrotexnik inshootlarning suv o'tkazish konstruksiyalarini ekspluatatsiya qilish tajribasi shuni ko'rsatadiki, suv oqimi bilan olib ketiladigan cho'kindilarning ishqalanish ta'siri beton qoplamalarining sezilarli darajada yemirilishiga, ba'zi hollarda esa ularning butunlay yemirilishiga olib keladi. Bunday konstruksiyalarning uzoq muddatli xizmat qilishini ta'minlash uchun yuqori yemirilishga chidamlilikka ega maxsus beton tarkiblari ishlab chiqilgan. Hozirda bu kabi beton ishlarini bajarish uchun qurilish maydonida barcha zaruriy texnikalar, laboratoriya uskunalari va malakali kadrlar mavjud.
Yemirilishga chidamli betonlardan foydalanish gidrotexnik inshootlarning suv o'tkazish inshootlarining xizmat muddatini sezilarli darajada uzaytiradi.
Umuman, B60 sinfidagi beton kabi maxsus tarkiblarni ishlab chiqish va joriy etish ekspluatatsiya xarajatlarini minimallashtirish hamda gidroinshootlarning ishonchliligini oshirish imkonini beradi.
Rahim SHERQULOV, 'Xalq so'zi'.
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,09 soʻmga'tushib,'12 924,92 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'52,33 soʻmga'pastlab,'14 620,67 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,21'soʻmga'oshdi va'159,94'soʻmni'tashkil qildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishida ishtirok etmoqda
Shu kunlarda Shveysariyaning Jeneva shahrida Rotterdam konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (RC COP-12) boshlandi. Ushbu anjuman Bazel konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn yettinchi yigʻilishi (BC COP-17) va Stokgolm konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining oʻn ikkinchi yigʻilishi (SC COP-12) bilan ketma-ket tarzda 9-maygacha davom etadi.'Yashirin narsalarni koʻrinarli qilish: kimyoviy moddalar va chiqindilarni oqilona boshqarish' mavzusida oʻtayotg
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.
Boy tarix, zamonaviy qiyofa, mamnun chehralar – mehnatkash va bunyodkor andijonliklar hayotidan fotoreportaj
Xabaringiz bor, shu kunlarda 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi Andijon viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Maqsadimiz, Andijon xalqining oʻziga xos hayoti, mehnatkash insonlari, tabiati va infratuzilmasini oʻzida aks ettirgan maʼlumotlar bilan boʻlishish. Kun davomida viloyatning turli manzillarida boʻldik. Dehqonlar bilan suhbatlashdik, mahallalarda boʻlib, issiqxonalar, poliz ekinlari, bolalar bogʻchasi hamda 'Vatanparvar' bogʻiga tashrif qildik.Dastl