Bu oʻyin 2010-yildan beri jahon chempionatidagi ilk ochilish partiyasida gʻalaba qayd etilgan holat boʻldi. Ding oʻyindan keyingi matbuot anjumanida oʻzining omadi chopganini taʼkidlagan boʻlsa, Gukesh asabiylashgani tufayli ayrim xatolarga yoʻl qoʻyganini tan oldi. Har ikki oʻyinchi keyingi partiyalarda oʻz harakatlarini yaxshilashga intilishini bildirdi.
Gukesh Dommaraju oʻz oʻyini haqida shunday dedi: 'Men juda asabiy edim, lekin oʻyin boshlangandan soʻng tinchlandim. Men Dingni debyutda ajablantirdim, yaxshi shaxmat oʻynadim, ammo keyin xatolar qila boshladim. Men oʻyinda raqibimning eng yaxshi versiyasini koʻrishni kutgandim. Men taktik xatoga yoʻl qoʻydim, bu esa sodir boʻlib turadi. Oldinda yana koʻp oʻyinlar bor va endi match yanada qiziqarli boʻladi'.
'Men bu matchdagi birinchi oʻyin birinchi oʻyin boʻlgani uchun Gukesh qattiq hayajonlanadi deb oʻyladim, shuning uchun uzoq vaqtdan beri oʻynamagan biror noodatiy narsani sinab koʻrishga qaror qildim va bu mukammal ishladi! Matchda yetakchilik qilish men uchun butunlay yangi tajriba. Ertaga menda oq figuralar boʻladi va hali tayyorgarlik koʻrmaganim uchun, keyingi oʻyinda qanday yondashuvni tanlashimni bilmayman', degan Xitoy vakili.
Chempionatda har ikki oʻyinchi 14 ta oʻyinda ishtirok etishi kerak. Gʻolib sifatida eng birinchi 7,5 ochko yigʻgan shaxmatchi eʼlon qilinadi. Agar natija teng boʻlsa, taybreyk oʻyinlari oʻtkaziladi. Navbatdagi oʻyin bugun Toshkent vaqti bilan 14:00da boshlanadi.
Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi
Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a
“Prezident kubogi 2024”: Nodirbek Abdusattorov turnir gʻolibi boʻlishi deyarli imkonsiz
Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida davom etayotgan nufuzli 'Prezident kubogi' xalqaro musobaqasining 7-tur uchrashuvlari ortda qoldi. 7-turning markaziy uchrashuvida birinchi raqamli shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov (2777) hindistonlik Puranik Abhimanyu (2682) bilan durang oʻynadi. Bu natija Nodirbekning chempionlik imkoniyatlarini pasaytirgan boʻlsa-da, uning umidi hali soʻnmagan. Nazariy jihatdan hali imkoniyat saqlanib qolgan, ammo amalda buni uddalashi boshqa shaxmatchilarg
Peresning “diktaturasi” davom etadi
Florentino Peres 5-marta 'Real Madrid' klubi prezidenti etib saylandi. U 2029-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda 'ESPN' nashri.Maʼlum qilinishicha, 'Real Madrid' klubi prezidentligiga koʻrsatiladigan nomzodlar baʼzi talablarga mos kelishi kerak boʻlgan. Jumladan, nomzod kamida 20-yil davomida klub aʼzosi boʻlishi talab qilinadi. Bu safargi saylovda ham klub rezidentligiga nomzodlar orasida talablarga mos keladigan biror kuchli raqobatchi topilmadi.Florentino Pe