calendar 27 Jan 00:54
eye 109
comments 0
comments Manba: xs.uz

Peresning “diktaturasi” davom etadi

image
Florentino Peres 5-marta 'Real Madrid' klubi prezidenti etib saylandi. U 2029-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda 'ESPN' nashri.

Maʼlum qilinishicha, 'Real Madrid' klubi prezidentligiga koʻrsatiladigan nomzodlar baʼzi talablarga mos kelishi kerak boʻlgan. Jumladan, nomzod kamida 20-yil davomida klub aʼzosi boʻlishi talab qilinadi. Bu safargi saylovda ham klub rezidentligiga nomzodlar orasida talablarga mos keladigan biror kuchli raqobatchi topilmadi.

Florentino Peres 2000-yildan beri klub prezidentligi uchun asosiy nomzod boʻlib kelmoqda. Peresning bu lavozimdagi omadsiz yillari 2006-yilga toʻgʻri keladi. Oʻshanda Peres boshchiligidagi qirollik klubi ketma-ket uch mavsumni kuboksiz oʻtkazgan hamda Peres isteʼfoga chiqarilgandi.

Uning ikkinchi bor prezidentlikka saylanishi klub tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi boʻlgan. Peres bu davrda besh marta LaLigada gʻalaba qozongan, oltita Chempionlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.

Bundan tashqari, jamoaning 'Galaktikos' deb nomlanuvchi davri ham Peresning rahbarligi ostida boʻlgan. U super yulduzlar Luish Figu, Zinedin Zidan, Ronaldu Nazario va Devid Bekxem bilan shartnoma imzolagan va ikki marta liga va 2002-yilgi Chempionlar ligasini yutgan.

Eslatib oʻtamiz, 'Real Madrid' LaLiga va Chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi sifatida ushbu mavsumda ikkita sovrin ' UEFA Superkubogi va FIFA Qitʼalararo Kubogini qoʻlga kiritdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
607
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

08 Jun 02:27
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

13 Jun 00:40
 
41
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri