calendar 27 Jan 00:55
eye 269
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bir-birimizni maqtash uchun kelmadik – Ozodbek Nazarbekov

image
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Qoraqalpogʻiston Respublikasida yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 22-23-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida vazirlikning 2024-yil yakunlariga bagʻishlangan kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishida ishtirok etdi va hududdagi madaniyat, sanʼat yoʻnalishida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi. Jumladan, 'Vazir va yoshlar uchrashuvi' doirasida 200 nafardan ortiq qoraqalpoqlik yoshlar bilan jonli muloqot qildi hamda mavjud muammolarning deyarli barchasiga oʻsha yerning oʻzida yechim topildi.



Misol uchun hali talaba boʻla turib, hashar yoʻli bilan serial olayotgan Murodjon Jumaboyevga 100 million soʻm, rol ijro etish uchun Toshkentdan aktyorlar jalb etilishi aytildi. Qolaversa Yodgor Saʼdiyev 'Shaytanat' seriali olingan kamerani shu jamoa ixtiyoriga topshirishga vaʼda berdi. Shuningdek, talaba yoshlarning savol va takliflaridan kelib chiqib aytish mumkinki, oliygohlardagi kamchiliklar yetarlicha. Madaniyat vaziri Pedagogika universitetlarida ijrochilik boʻyicha yoʻnalishlar ochilayotgani va yosh kadrlarni 'mayib' holatga keltirib qoʻyilayotganini tanqid qilarkan, buning barchasini nafs bilan baholadi. Shunday turdagi universitetlarda oʻqiydigan talabalarning soʻzlariga koʻra, na oʻqituvchilar na texnikalar talabga javob beradi. Oʻquvchilarning boshqa universitetlarga koʻchirilishi va amaliyot oʻtashi koʻrib chiqiladigan boʻldi.



Shu qatorda Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasining Nukus filiali 2025-yilning ikkinchi yarim yilligida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Hozirgi kunda binoda qurilish ishlari davom etyapti. 300 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi uchun 2024-yilda 27 milliard mablagʻ ajratilgan. Madaniyat vaziri ham hududdagi qurilish ishlari bilan tanishdi.



Shuningdek, Ozodbek Nazarbekov 1963-yili qurilgan, 2 milliard 700 million soʻm mablagʻ hisobidan qayta taʼmirlanib foydalanishga topshirilgan Kegeyli tumanidagi 'Xalqabad' Madaniyat markazida boʻldi. Unda nutq soʻzlagan vazir hozirgi global davrda madaniyatning naqadar muhim ekanligiga urgʻu qaratdi.



'Hozir madaniyatlarga qarshi tahdid boshlandi. Eng xavotirlisi bu erkinlik shamoli ostida kirib kelmoqda. Ong ostida buzgʻunchi gʻoyalarni tiqishtirish va uning orqasidan katta-katta resurslar ajratish bilan katta institutlar shugʻullanadi, olimlar bosh qotirishadiki, qanaqa qilib bitta davlatning, millatning ichida fitna qoʻzgʻasak yoki qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirsak, deb turgan manfaatdor davlatlar bor. Biz algʻov-dalgʻov paytda omon qolishimiz uchun aynan madaniyat bizni birlashtiradi. Oʻzbek va Qoraqalpoq xalqining orasidan shu vaqtga qadar bir soʻz oʻtdimi? Oʻtgani yoʻq. Nimaga endi kimdir oʻrtamizga tushib parokanda qilish kerak. Boʻlinib kim obod boʻldi? Toʻpolon bilan qaysi davlat roʻshnolik koʻrdi?', ' deydi vazir. Shuningdek, O. Nazarbekov bir paytlar tinch va farovon yashagan, gʻalamislar nayrangiga uchib, bugun haligacha oʻziga kela olmayotgan Liviyani misol qilib keltirdi.

'Shunday markazlar tashqi tahdidlarga qarshi immunitet yaratadigan maskanlar boʻlsin', ' deydi vazir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:39
 
818
0
xs.uz

26-aprel — Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Garchi zugʻum qilganlarni yoqtirmadim,Sheʼr yozdimu boʻlak ishni qotirmadim.Tilim turib oʻz tilimda gapirmadim,Bir eslasam eziladi bagʻri-dilim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Onam 'erkam' deb quchganda tunlar yarim,Erkim yoʻq deb zirqirardi bir joylarim,Parovozni hansiratgan bugʻdoylarim,Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,Ona tilim, kechir meni, ona tilim.'Kimlar uchun biz edik bir badaviylar,Oʻzbekni qon qaqshatganni oʻzbek siylar,Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,Topganimiz handa

13 May 14:39
 
629
0
xs.uz

Oʻzbek tili va madaniyati Italiyada targʻib etilmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, filologiya fanlari doktori Nozliya Normurodova hamda universitet huzuridagi 'Oʻzbek maktabi' oʻqituvchisi Durdona Ermatova xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Italiyaning nufuzli Ka-Foskari universitetiga tashrif buyurishdi.Tashrif doirasida professor Nozliya Normurodova universitet talabalari va professor-oʻqituvchilari uchun 'Oʻzbekistonda oliy taʼli

17 May 21:48
 
582
0
xs.uz

“Har bahor men Sizga gullar tutaman...”

15-may ' Oliy Majlis Senati aʼzosi, shoir Abdusaid Koʻchimov tavallud topgan kunJAVOBBir nihol ekdingmi Vatan bogʻiga,Mehringni toʻkdingmi choʻl, yantogʻiga,Gullarga chang-gʻubor qoʻngan chogʻidaArta biloldingmi chang-u gʻuborni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Bitta gʻisht qoʻydingmi maydonlariga,Bir vassa oʻydingmi ayvonlariga,Bir misra qoʻshdingmi dostonlariga,Kurab tashladingmi tomlardan qorni 'Desalar, yurtdoshim, javobing bormi?Kimdir uzib ketsa dilbar gullarni,Kimdir buz

31 May 08:51
 
483
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi madaniy hamkorlik mustahkamlanmoqda - Fotoreportaj

Bugun 'Rossiya madaniyat kunlari' doirasida Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Hukumatlararo komissiyaning Madaniyat boʻyicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi boʻlib oʻtdi.Unda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Federatsiyasi madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi. Tomonlar madaniyat sohasidagi hamkorlik holati va uning istiqbollari yuzasidan fikr almashib, oʻzaro ishonch, bagʻri