Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini afsus bilan taʼkidladi. Shuningdek, u OʻFAga qoʻllab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun oʻz minnatdorchiligini izhor etdi hamda milliy terma jamoaga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanesning Oʻzbekiston terma jamoasini boshqarishdagi xizmatlarini yuqori baholab, uning sogʻligʻini tiklash va murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tiladi. Assotsiatsiya va murabbiy oʻrtasidagi shartnoma doʻstona munosabatlar saqlangan holda bekor qilingani taʼkidlandi.
Hozirda OʻFA milliy terma jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni tanlash boʻyicha ishlarni olib bormoqda. Yaqin kunlarda yangi murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.
Qayd etish kerakki, Srechko Katanes 2021-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning davrida jamoa Osiyo Kubogi va Jahon chempionati saralash bahslarida qatnashdi.
Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel
“Real Madrid” Argentinaning “Yangi Marodona”si bilan kelishuvga erishgani aytilmoqda
Ispaniyaning 'Real Madrid' klubi navbatdagi transferini amalga oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu safar madridliklar eʼtiborini Argentinaning 'River Pleyt' jamoasida toʻp surayotgan yosh isteʼdod ' Franko Mastantuonoga qaratdi. 'Qaymoqranglilar' rahbariyati 17 yoshli futbolchining shartnomasida koʻrsatilgan tovon puli ' 45 million yevroni toʻlashga rozi boʻldi va futbolchining oʻzi ham bu transferga rozilik bildirdi.'TyC Sports' nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, tomonlar oʻrtas
Baydarka va kanoeda eshkak eshish: O‘zbekiston terma jamoasida — 6 ta medal
Unda O'zbekiston terma jamoasi uchtadan kumush (S2 1000 metr: Muhammadali Mirismanov, Diyorbek Mamatqulov, S1 500 metr: Muhammadali Mirismanov, K1 500 metr: Arina Tanatmisheva) hamda bronza (S2 500 metr: Kamoliddin Rahmatullayev, Azimjon Sotiboldiyev, K1 1000 metr: Oleksandr Zarubin, S2x 500 metr (miks): Kamoliddin Rahmatullayev, Zarina Rustamova) medallariga sazovor bo'ldi.
Farg‘ona voleybol bo‘yicha html5-dom-document-internal-entity1-quot-endMillatlar ligasihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end musobaqasiga mezbonlik qiladi
Bugun Farg'ona xalqaro aeroportida ushbu nufuzli musobaqaning ilk mehmonlari ' Eron va Qozog'iston terma jamoalari tantanali tarzda kutib olindi.Ularni viloyat hokimi o'rinbosari Sh.Polvonov, sport boshqarmasi boshlig'i N.Hakimov hamda keng jamoatchilik vakillari, sport ishqibozlari samimiy qarshi oldilar.