calendar 27 Jan 00:55
eye 304
comments 0
comments Manba: xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

image
'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Joʻrabek Qalandar qori oʻgʻlining ayanchli taqdiri juda koʻp izlanishlar olib borgani, shuning natijasida kitobxonlarga taqdim etilgan asar vujudga kelgani haqida atroflicha fikr yuritdi.

Mazkur kitobda XIX asrning oxirlari, oʻtgan asrning boshlarida chor Rusiyasining Turkistonni bosib olishi fonida roʻy bergan voqealar qalamga olingan. Chor Rusiyasi tomonidan general unvoni berilgan Joʻrabekning ulkan harbiy salohiyat sohibi ekani, shu bilan birga, mahalliy xalq tarafida turgani, ularni imkoni boricha chorizm zulmidan himoya qilishga intilgani tahlil qilingan. General Joʻrabekning beklik davrida Kitobda barpo qilgan ulkan kutubxonasi taʼrifi butun Sharq zaminiga yoyilganligi keltirilgan.

1870-yilda chor armiyasi Turkistonga bosqinchilik yurishi qilganida ushbu kutubxona ham ayovsiz talangan, eng noyob kitoblar Peterburgga joʻnatilgan. General Joʻrabek shahid boʻlganidan soʻng uning hovlisidagi qiroatxona ham sirli ravishda gʻoyib boʻlgan.

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Qahramoni, adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻofurov, 'Jahon adabiyoti' jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, filologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Sher va boshqalar mualliflar tomonidan tanlangan mavzuning ayni hozirgi davr uchun juda dolzarbligini, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiqlik siyosatiga javob beradigan asar boʻlganini alohida taʼkidladilar.

Shoʻrolar zamonida 'ziddiyatli va murakkab shaxs' sifatida baholangan, u haqda munosabat bildirish qiyin boʻlgan bir davrda harbiy arbob, maʼrifatparvar inson Joʻrabek Qalandar qori oʻgʻli taqdiri haqida mustaqilligimizning 33-yilligi davriga kelibgina toʻgʻri, xolis bahoni aytish imkoniga ega boʻlindi.

Tadbirda tarixchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz, yozuvchilarimiz tomonidan ana shunday tarixiy-hujjatli asarlar yaratish davri kelgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

'Xalq soʻzi'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
500
0
xs.uz

Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston sanʼat arbobi, taniqli kompozitor hamda professor Dilorom Omonullayeva 66 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati'xabar berdi.Dilorom Omonullayeva 1959-yil 1-oktyabrda Toshkentda musiqachilar oilasida tugʻilgan. U 1990-1993-yillarda konservatoriyada 'Bastakorlik va cholgʻulashtirish kafedrasi'da oʻqituvchi boʻlib ishlagan.Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida 300 dan ortiq musiqiy asarlar yaratgan. Un

31 May 08:51
 
440
0
xs.uz

Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi

Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s

31 May 08:51
 
40
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

18 Jun 21:56
 
96
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,