Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi

Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvvatlashini aytdi.
'U ingliz tilida gaplasha olmaydi, shuning uchun biz Abduqodir bilan hali toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilolmayapmiz. Unda hammasi joyida boʻladi. U faqat bir-ikki mashgʻulotda qatnashgan xolos. Men Chempionlar Ligasidagi muhim oʻyinni hisobga olib, Jon Stounzni jarohatdan keyin maydonga tushirishga shoshilmagan edim. Husanov xatolaridan saboq oladi', dedi Gvardiola.
Murabbiy, shuningdek, futbolchilarning birdamligini alohida taʼkidlab, 'Har qanday futbolchi xato qilishi mumkin. Muxlislar hamisha yangi futbolchilarni qoʻllab-quvvatlaydi. Abduqodir hali juda yosh va u, albatta, oʻrganadi', deya qoʻshimcha qildi.
'Manchester Siti' hujumchisi Erling Holand ham Husanovning debyuti haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
'Bu uning ilk uchrashuvi edi. Asabiylik va hayajon ' bunday vaziyatda odatiy holat. Men oʻzimning ilk oʻyinimni eslayman. Oʻshanda Angliya Superkubogida 'Liverpul'ga qarshi oʻynaganman. Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz', dedi Holand.
Husanovning debyut uchrashuvida birinchi 5 daqiqa davomida bosim tufayli u oʻyinga moslashib keta olmadi va uning xatosidan soʻng 'Chelsi' yagona golini urdi. Shunga qaramay, keyingi daqiqalarda himoyachi bexato harakat qilib, ishonchli oʻyin koʻrsatdi. Uchrashuv davomida u jami 54 daqiqa maydonda harakat qildi.
Pep Gvardiola uning xatosi haqida shunday dedi: 'U bilan muloqot qilish uchun men oʻzbek yoki rus tillarini oʻrganishga tayyorman, chunki hozircha u ingliz tilida ravon gapira olmaydi. Xato qildimi? Bu tabiiy. Men uni bir chetga chaqirib nima deyishim kerak edi? Xato qilma, deyishim kerakmi? U xatosini biladi va undan saboq oladi'.
Abduqodir Husanovning 'Manchester Siti' safidagi debyuti oʻzining murakkabligiga qaramay, futbol mutaxassislari tomonidan umidli baholanmoqda. Gvardiola va Holandning qoʻllab-quvvatlovi yosh himoyachi uchun katta motivatsiya boʻlib xizmat qilishi kutilmoqda.
Akbar Jo‘rayev mutlaq Osiyo chempioni!
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo'rayev yana bir bor yuksak mahorat ko'rsatib, barcha yo'nalishda eng yaxshi ko'rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo'rayevdan keyingi natijani ko'rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi o'r
Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz
Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.
“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
4 ta shart bo'yicha bahs olib borgan 9 ta fakultet jamoalari orasida quyidagi natijalar qayd etildi:1-o'rin ' Ingliz filologiyasi fakultetining 'Zulfikor' jamoasi;2-o'rin ' Tarjimonlik fakultetining 'To'maris nafasi' jamoasi;3-o'rin ' Ingliz tili 2-fakultetining 'Jasorat elchilari' jamoasi.Shuningdek, quyidagi nominatsiyalar bo'yicha ham g'oliblar taqdirlandi:'Eng ijodkor jamoa' ' Rus filologiyasi fakultetining 'Qalqon' jamoasi;'Eng hamjihat jamoa' ' Ingliz tili 1-fakultetining 'Turon zamin qizl
Luka Modrich oʻziga klub topdi
'Real Madrid' bilan shartnomasini yakunlagan xorvatiyalik yulduz Luka Modrich 'Milan'ga erkin agent sifatida oʻtishi mumkin. Italiya matbuotining xabar berishicha, Modrich bilan muzokaralar tez surʼatda davom etmoqda. Di Marzio maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi soatlarda futbolchi klubga ijobiy javob bergan.'Goal'ning yozishicha, 'Milan' Modrich bilan ogʻzaki kelishuvga erishgan va endilikda faqat rasmiylashtirish qolgan. Bu ham tez orada sodir boʻlishi kutilmoqda. 38 yoshli yarim himoyachi o