Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.
Keyinroq Isroilning sharqiy Xon Yunusdagi koʻchirilgan oilalar yashaydigan chodir lageri yaqiniga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida besh nafar odam vafot etgan.
Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil harbiy samolyotlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirib, koʻp qavatli binoni vayron qilgan va masjidlar tashqarisidagi yoʻllarga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar natijasida kamida 11 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, tanklar oldinga siljiyotgani sababli tez yordam mashinalari yetib bora olmayotgan oilalar uylaridan chiqa olmayotgani aytilmoqda.
Isroil qamal ostidagi hududni bombardimon qilishni kuchaytirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazo sektorida oziq-ovqat va toza ichimlik suviga ega boʻlmagan ikki milliondan ortiq odam qamalib qolgani haqida ogohlantirdi.
Shunga qaramasdan payshanba kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish shartlari sezilarli darajada yaxshilanganini aytdi. 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 44330 nafar falastinlik halok boʻlib, 105 mingga yaqin kishi yaralangan.
Livanliklar uyga qaytmoqda
Chorshanba kuni ertalab soat 4 da Isroil va 'Hizbulloh' oʻt ochishni toʻxtatishga rozi boʻlgach, odamlar biroz hotirjam boʻlishdi. Biroq kelajakka nisbatan xavotir saqlanib qolgan.'Toʻgʻrisini aytsam, men hali ham biror narsa sodir boʻlishidan xavotirdaman. Men oʻt ochishni toʻxtatishga shubha qilaman', degan livanlik Adnan Zaid 'Al-Jazeera'ga.U hozir amalda boʻlgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga shubha bilan qaraydigan yagona odam emas. Ularning oldida uyga qaytish xavfsizmi yo
Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
Isroil kuchlari Gʻazodagi hududlarni bombardimon qilishni kuchaytirgani va tanklar anklavning shimoli hamda janubiga chuqurroq kirib borishi oqibatida kamida 42 kishi halok boʻldi.'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.Keyinroq Is
Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin
Dunyodagi eng katta A23a aysbergi deyarli 40-yillik harakatsizlikdan soʻng 2024-yilning noyabr oyida ochiq okean uzra suza boshlagan edi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.Okeanograf olimlar ushbu holatni di
Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi
AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilnin