Toshkentdan deyarli 12 baravar katta aysberg Buyuk Britaniyaga tegishli oroli bilan toʻqnashishi mumkin

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, trillion tonnalik aysberg Atlantika okeani janubida joylashgan Buyuk Britaniyaning dengizorti oroli ' Janubiy Jorjiya bilan toʻqnashishi mumkin. Bu haqida 'France 24' nashri xabar berdi.
Aysbergning okeandagi harakati tahlil qilinganida uning Buyuk Britaniya oroli tomon siljiyotgani aniqlangan.
Okeanograf olimlar ushbu holatni diqqat bilan kuzatib, aysbergning iqlim oʻzgarishlari, oʻsimlik dunyosi hamda dengiz jonivorlari hayotiga qanday xavf solishi mumkinligi yuzasidan muntazam tekshiruv olib borishmoqda.
'Janubiy Jorjiya hayratlanarli darajada ekologik jihatdan boy oroldir. Bu millionlab pingvinlar uchun koʻpayish maskani ham hisoblanadi. Agar aysberg orol bilan toʻqnashsa, undagi jonivorlarning oziq-ovqat yoʻllarini toʻsib qoʻyadi. Natijada ular qirilib ketishi mumkin', ' deydi okeanograf Endryu Meyjers oʻz tadqiqotlariga tayanib.
Olimlarning taʼkidlashicha, aysberglar hamda muz qatlamlarining dunyo okeani boʻylab harakatlanishi tabiiy hodisa sanaladi. Shunga qaramasdan, soʻnggi yillardagi iqlim oʻzgarishlari Antarktikadan muzlarning ajralib chiqish tezligini keskin oshirgan. Bu holat dunyoda koʻplab talofatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Maʼlumot uchun, A23a aysbergi 1986-yilda Antarktikadagi muzlikdan ajralib chiqqan hamda koʻp oʻtmay Ueddel dengiziga tiqilib qolgan. 2024-yilning noyabr oyida yana harakatga kelgan. Qalinligi taxminan 400 metr, maydoni esa deyarli toʻrt ming kvadrat kilometrni tashkil etadi.
Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?
Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T
Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi
Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident
Tramp Saudiya Arabistonida Salmon bilan nimalar haqida gaplashdi?
Kecha AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistoniga kelgandi. Bu uning qayta saylanganidan keyingi ilk xorijiy safari hisoblanadi.Ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda tashrif davomida asosiy eʼtibor mintaqaviy xavfsizlik masalalariga emas, balki iqtisodiy kelishuvlarga qaratiladi.Oq uy rahbari Ar-Riyoddagi Qirollik saroyida Valiahd Shahzoda Muhammad ibn Salmon tomonidan iliq kutib olindi. Uchrashuvda anʼanaviy Arab qahvasi taqdim etildi. Muloqot avvalida Tr
AQSH armiyasining 250 yilligi keng miqyosdagi harbiy parad bilan nishonlandi
14-iyun kuni AQSH poytaxti Vashington shahrida Amerika armiyasining 250 yilligi munosabati bilan keng koʻlamli harbiy parad tashkil etildi. Ushbu tantanali tadbir mamlakat prezidenti Donald Trampning 79-yillik tugʻilgan kuni bilan bir vaqtda boʻlib oʻtdi. Prezident Tramp va uning rafiqasi Melaniya paradga shaxsan tashrif buyurib, tadbirni tribuna orqali kuzatdi hamda nutq soʻzladi.Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, paradda 6600 nafarga yaqin harbiy xizmatchi, 50 ta harbiy vertolyot va 'M1 Abr