Isroil Gʻazoga hujum qilib kamida 42 kishini oʻldirdi
'Reuters' axborot agentligining xabar berishicha, Gʻazo sektori shimolidagi Bayt Lahiya shahridagi turar-joyga va Kamol Advan kasalxonasi yaqiniga berilgan ikkita havo hujumi oqibatida olti kishi halok boʻldi. Isroilning Xon Yunisdagi mototsiklga zarba berishidan soʻng yana toʻrt kishi qurbon boʻlgan.
Keyinroq Isroilning sharqiy Xon Yunusdagi koʻchirilgan oilalar yashaydigan chodir lageri yaqiniga uyushtirgan havo hujumi oqibatida kamida besh nafar odam vafot etgan.
Nusayrat qochqinlar lagerida Isroil harbiy samolyotlari bir necha bor havo hujumlarini amalga oshirib, koʻp qavatli binoni vayron qilgan va masjidlar tashqarisidagi yoʻllarga zarba bergan. Maʼlumotlarga koʻra, zarbalar natijasida kamida 11 kishi halok boʻlgan. Shuningdek, tanklar oldinga siljiyotgani sababli tez yordam mashinalari yetib bora olmayotgan oilalar uylaridan chiqa olmayotgani aytilmoqda.
Isroil qamal ostidagi hududni bombardimon qilishni kuchaytirar ekan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Gʻazo sektorida oziq-ovqat va toza ichimlik suviga ega boʻlmagan ikki milliondan ortiq odam qamalib qolgani haqida ogohlantirdi.
Shunga qaramasdan payshanba kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Gʻazo sektoridagi isroillik asirlarni ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishish shartlari sezilarli darajada yaxshilanganini aytdi. 2023-yil oktyabr oyidan beri Isroilning Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 44330 nafar falastinlik halok boʻlib, 105 mingga yaqin kishi yaralangan.
Tbilisidagi mitingda politsiya 50 kishini hibsga oldi
Gruziya Ichki ishlar vazirligi xodimlari Tbilisida parlament binosi yaqinidagi mitingni tarqatish vaqtida 50 kishini hibsga oldi. Bu haqda Gruziyaning 'Rustavi 2' telekanali xabar berdi. Unga ko'ra, odamlar ma'muriy hibsga olingan. Atigi uch kunlik mitinglarda mahbuslar soni 200 dan oshib ketdi. Mahbuslar asta-sekin sudga olib kelinmoqda. Kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endpchilikka katta miqdorda jarima solinadi, bahtml5-dom-document-internal-entity2-39-endzilari esa sud tomonidan m
Daniyada nashadan tibbiy maqsadlarda foydalanishga ruxsat berildi
Shifokorlarga tibbiy nasha yozishga ruxsat beruvchi vaqtinchalik qonun doimiyga oʻzgartirilmoqda.Tibbiy nasha navlari politsiya kirishi mumkin boʻlgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Qonun har bir oʻsimlik, qayta ishlangan mahsulot partiyasi, qadoqlangan mahsulot birligi va nasha asosidagi dorivor mahsulotning oʻrami noyob elektron identifikator bilan belgilanishini nazarda tutadi.Shifokorlar tibbiy nashadan 2018-yildan buyon boshqa dori vositalari oʻrnini bosa olmayotganligi tufayli foydala
10 mln yillik timsoh skeleti topildi
Perudagi paleontologlar yoshi taxminan oʻn million yil boʻlgan timsohning deyarli toʻliq skeletini taqdim etishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.Maʼlumotlarga koʻra, sudralib yuruvchi 2023-yil oxirida mamlakat janubidagi choʻldan topilgan. Timsoh qoldiqlari Ingemmet mintaqaviy geologiya idorasi yordamida paleontolog Mario Urbina rahbarligida Miotsen davridagi qattiq toshdan qazib olingan.'Ushbu timsoh qoldigʻi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning uzunligi 3-4 metr boʻ
10 mln yillik timsoh skeleti topildi
Perudagi paleontologlar yoshi taxminan oʻn million yil boʻlgan timsohning deyarli toʻliq skeletini taqdim etishdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.Maʼlumotlarga koʻra, sudralib yuruvchi 2023-yil oxirida mamlakat janubidagi choʻldan topilgan. Timsoh qoldiqlari Ingemmet mintaqaviy geologiya idorasi yordamida paleontolog Mario Urbina rahbarligida Miotsen davridagi qattiq toshdan qazib olingan.'Ushbu timsoh qoldigʻi oʻziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning uzunligi 3-4 metr boʻ