calendar 27 Jan 00:54
eye 94
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun Bin Ladenga eʼlon qilgandan koʻra koʻproq mukofot puli ajratamiz — AQSH davlat kotibi

image
AQSH Tolibonning yuqori martabali rahbarlarini qoʻlga olish uchun Usama bin Laden uchun belgilangandan kattaroq mukofot eʼlon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda 'Newsweek' nashri.

Maʼlumotlarga koʻra, Tolibon garovda ushlab turgan amerikaliklarning soni avval xabar qilingandan koʻproq boʻlishi mumkin. Agar bu maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topsa AQSH Tolibon rahbariyatini qoʻlga olish uchun katta miqdordagi mukofot puli berishini eʼlon qilgan.

Taʼkidlanishicha, Tolibon hukumati 2022-yilning avgust oyida ish safarida boʻlib turgan ikki nafar amerikalikni hibsga olgan. Tolibon AQSH bilan munosabatlarni normallashtirishga intilayotgan bir vaqtda bu kabi mojarolar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

'Tolibon xabar qilinganidan koʻra koʻproq amerikaliklarni garovda ushlab turgani haqida maʼlumot oldik. Agar bu rost boʻlsa, biz darhol ularning yuqori rahbarlarini qoʻlga olish uchun Bin Ladenni ushlash uchun eʼlon qilgan mukofot pulidan ham koʻprogʻini eʼlon qilishga tayyormiz', ' deb yozgan Rubio oʻzining X sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, Marko Rubio 21-yanvar kuni 99 nafar senator ovozi bilan AQSH davlat kotibi lavozimiga tasdiqlangan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
64
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq

04 Apr 16:20
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan butunlay chetlashtirildi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat eʼlon qilishga muvaffaqiyatsiz uringanidan 4 oy oʻtib, lavozimidan butunlay chetlashtirildi. Endi mamlakatda 60 kun ichida yangi prezident saylovlari oʻtkazilishi kerak, deb xabar bermoqda 'BBC' nashri.Maʼlum qilinishicha, Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolning impichmenti haqidagi qarorni oʻz kuchida qoldirgan. Prezidentga qarshi impichmentni qoʻllab-quvvatlash uchun 8 nafar sudya ishtirok etgan. Ular Janubiy Koreya prezidentinin

16 Apr 15:12
 
74
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

13 May 14:38
 
107
0
xs.uz

Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Trampga Rossiyaning Turkiyada taklif qilgan muzokaralariga darhol rozi boʻlish chaqirigʻiga javob berdi.'Men shaxsan Vladimir Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman. Biz ertangi kundan boshlab diplomatiya uchun zarur asos yaratishga toʻliq va uzoq muddatli sulhni kutmoqdamiz. Qotillikni kechiktirishning maʼnosi yoʻq. Umid qilamanki, ruslar bu safar bahona topmaydi', ' deya yozdi Zelenskiy oʻzining 'Telegram'