calendar 02 Jul 11:18
eye 86
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Guterrish O‘zbekistonga tashrifini yakunladi

image

Bugun, 1 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACWA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida  Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
50
0
xs.uz

Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila Oʻzbekistonga qaytarildi

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi voyaga yetmagan bolaning zarur hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish bilan bogʻliq barcha tashkiliy masalalarda yordamlashgan. Shuningdek, u Novosibirsk aeroportida ota-onasiga topshirilgan.Ushbu oila joriy yilning 9-aprel kuni Rossiyaning S7 aviakompani

17 May 21:46
 
23
0
xs.uz

Yuksak hamdoʻstlik ifodasi

Xivadagi Ichan Qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi Koʻhna Ark tarixiy-meʼmoriy majmuasi yozgi kinoteatrida anʼanaviy Koreya kinofestivali boʻlib oʻtdi. Unda mahalliy aholi vakillari, yoshlar, viloyatdagi koreys milliy markazi faollari qatnashdi.Kinofestivalning tantanali ochilish marosimida Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon ishtirok etib, yigʻilganlarga samimiy va ezgu tilaklarini izhor qildi. U har ikki davlat oʻrtasida barcha sohalar, xususan

12 Apr 21:15
 
62
0
xs.uz

Ichki turizm targʻiboti uchun yiliga 20 milliard soʻm ajratiladi

Unda'taʼkidlanishicha, oʻtgan yili Moʻgʻuliston bilan turizm boʻyicha katta kelishuvga erishilgani hisobiga sayyohlar 100-200 nafardan 4 mingga oshgan.Koʻrfaz davlatlarida doimiy sayohat qiladigan 3 million aholi bor. Lekin ularning koʻpi Ozarbayjon, Gruziya, Albaniya, Xorvatiya kabi vizasiz rejim boʻlgan mamlakatlarga boryapti.'Toʻgʻri, bu davlatlarga 10 kunlik vizasiz rejim joriy qilingan. Lekin, bu muddat 30 kunga uzaytirilsa, sayyohlar 5-6 karra koʻpayadi. Bundan tashqari, Hindist

21 Apr 08:33
 
48
0
xs.uz

Yoʻl harakati xavfsizligi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga “mindirib”, sudrab ketgani rostmi? (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi oddiy fuqaroni avtomobil kapotiga mindirib, sudrab yurgani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ushbu voqeani atroflicha oʻrganib, maʼlumot berdi.Unda aytilishicha, joriy yilning 7-aprel kunidan 8-aprel kuniga oʻtar kechasi Fargʻona shahar 'Alisher Navoiy' va 'Amir Temur' koʻchalari kesishmasida 'Nexia-3' va 'Lacetti' rusumli transport vositalari ishtirokida YTH sodir boʻlgan. Cho