calendar 11 Jun 16:12
eye 55
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Saudiya Arabistonida ruxsatsiz Haj qilishga uringan 300 mingdan ortiq kishi hibsga olindi

image

Saudiya Arabistoni rasmiylari Hajda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan 300 mingdan ortiq odamni hibsga oldi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi

So‘nggi kunlarda qo‘lga olinganlar orasida ziyorat vizasi o‘rniga turistik vizalar bilan Haj ziyoratiga borishga uringan 157 mingga yaqin xorijlik bor.

Haj xavfsizligi qo‘mitasi rahbari Muhammad ibn Abdulloh Al-Basamiy Haj qoidalari va ko‘rsatmalariga rioya qilmagan 140 nafar ziyoratchilar guruhi va 64 transport tashkiloti hibsga olinganini ma’lum qilgan. Saudiya Arabistoni rasmiylariga ko‘ra, 8 iyundan buyon mamlakatga ro‘yxatdan o‘tgan 1,3 milliondan ortiq ziyoratchi Hajda qatnashish uchun kelgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari har yili noqonuniy ravishda Haj ziyoratini ado etishga uringan shaxslarni hibsga oladi. O‘tgan yili 17 mingdan ortiq odam ruxsatsiz hajga borishga uringani uchun hibsga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakat hukumati xorij fuqarolari va rezidentlarini 2024 yilgi Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun qattiq jazolanishidan ogohlantirgan edi. Bayonotga ko‘ra, ziyorat qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosiga va 50 ming Saudiya rioligacha (13,3 ming dollardan ortiq) jarimaga tortilishi mumkin. Bu borada qo‘lga olingan xorijliklar ham deportatsiya qilinadi va 10 yilga mamlakatga kirishi taqiqlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:27
 
34
0
xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼm

10 Oct 16:59
 
16
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

09 Oct 16:37
 
17
0
xs.uz

Netanyahu Livanni Gʻazo kabi halokatga uchratishdan ogohlantirdi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan Gʻazo kabi halokatga uchrashi mumkinligidan ogohlantirdi va oʻldirilgan 'Hizbulloh' yetakchisi Hasan Nasrullohning oʻrnini egallagan shaxs yoʻq qilinganini tasdiqladi.Uning bu soʻzlari seshanba kuni Livan fuqarolariga yoʻllangan videomurojaatda paydo boʻldi hamda 'Hizbulloh' oldingidan ham zaiflashganini taʼkidladi. 'Hizbulloh' tomoni Netanyahuning soʻnggi soʻzlariga hali hech qanday izoh bermadi.'Sizda Livanni Gʻazoda koʻrib turganimizdek