Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi
Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.
Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba bergan edi. Shuningdek, Isroil harbiy-havo kuchlari Livan janubi va Bekaa mintaqasidagi 'Hizbulloh' manzillariga, jumladan, qurol saqlash joylari, infratuzilma obyektlari va uchirish inshootiga hujum qilgandi.
Bundan oldin Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoridagi Dayr al-Bala shahridagi maktab va masjidga havodan zarba bergandi. Maʼlumotlariga koʻra, bu binolarda Falastinning 'HAMAS' harakatining qoʻmondonlik markazlari joylashgan.
Bungacha Isroil hujumlari orqali Hasan Nasrullohning merosxoʻri sifatida koʻrilgan Hoshim Safiy ad-Din ham yoʻq qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Hozir bu maʼlumot oʻz tasdigʻini topgani yoʻq.
Yevropa Ittifoqi Ukrainani qulay shartlar asosida tinchlikka tayyorlaydi — Yevrokomissiya vitse-prezidenti
Yevropa Ittifoqi (YI) Ukrainaning Kiyevga tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlashi kerak. Bu haqda YI davlatlarining boʻlajak sammitiga tayyorgarlik haqida gapirar ekan, Yevrokomissiya vitse-prezidenti Marosh Shefchovich maʼlum qildi.'Bizning maqsadimiz Ukrainaning tinchlikni qulay shartlarda muhokama qilish va YIga toʻlaqonli aʼzo boʻlish yoʻlini tayyorlash imkonini beradigan holatda boʻlishini taʼminlash boʻlishi kerak', dedi Shef
Eron AQSH va Isroilni HAMAS yetakchisi oʻlimi uchun oʻch olish muqarrarligi haqida ogohlantirdi
Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiyaning oʻldirilganiga vaqt oʻtgan boʻlsada Eronning AQSH va Isroildan qasos olishiga toʻsqinlik qilmasligini bildirdi. Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonoti matni 'Tasnim' agentligi tomonidan taqdim etilgan.'Biz jinoyatchi AQSHni va uning mintaqadagi soxta qoʻgʻirchoq rejimini (Isroilni nazarda tutadi) ogohlantiramiz: xuddi biz 'Haqiqiy vaʼda'ni (operatsiya nomi) bajarganimizdek, vaqt oʻtishi ham Eronning niy
Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi
Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir
Olimlar: AQSHda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami qayd etiladi
Mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kuchli kataklizm belgilarini aniqladi. Mamlakatda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami boʻlishi mumkin.Olimlar Kanada janubidan Kaliforniya shimoligacha choʻzilgan Kaskad togʻlarini oʻrganib chiqdilar va AQSH-Kanada chegarasidan Kaliforniya shimoligacha boʻlgan 970 kilometrlik yoriq boʻylab toʻrtta alohida segmentni aniqladilar. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzil