calendar 09 Oct 12:40
eye 12
comments 0
comments Manba: xs.uz

Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi

image
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.

Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.

Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani aniqlangan. Jarrohlik yoʻli bilan chiqarib olingan oltin quymalarining umumiy ogʻirligi 9,2 kilogrammni tashkil etgan.

Ulardan olib qoʻyilgan oltin quymalarining jami ogʻirligi 18 kilogramm 500 grammni tashkil etib, qiymati 55 million turk lirasi (1,5 million dollar)ga baholanmoqda. Hozirgi kunda qoʻlga olinganlarning barchasi Izmir sudi tomonidan hibsga olingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Sep 00:23
 
19
0
xs.uz

Rossiyaning muhim aviabazasida portlash sodir boʻldi. Bunda Ukrainaning qoʻli bormi?

Rossiyaning Saratov viloyatida joylashgan aviabazasida strategik bombardimonchi samolyotlar joylashgan joyda kuchli portlashlar sodir boʻldi. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Moskvadan 800 kilometr uzoqlikda joylashgan 'Engels-2' aviabazasida Rossiyaning yadroviy va uzoq masofali raketalarni tashishga qodir 'Tu-95' va 'Tu-160' bombardimonchi samolyotlari joylashgan. Portlashlar bir kechada sodir boʻlgan, ammo portlashlar sabablari hali aniq emas.Bir qancha mahalliy

10 Oct 11:36
 
18
0
xs.uz

Xitoy hukumati aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazadi

Xitoy hukumati jamiyatda davom etayotgan demografik oʻzgarishlarni aniqlash uchun aholi oʻrtasida oʻrganish oʻtkazishni rejalashtirmoqda.Aniqlik kiritilishicha, oʻrganish 10-oktyabrdan 30-noyabrgacha boʻlib oʻtadi.Hukumat yoshi, millati, taʼlim darajasi, ichki migratsiya holati, yashash joyi, oilaviy ahvoli, bandligi, bolalari borligi va boshqa koʻrsatkichlarni oʻrganish niyatida.Qayd etilishicha, soʻnggi yillarda Xitoyda aholining qarishi va tugʻilish darajasining pasayishi tendensi

24 Aug 17:27
 
28
0
xs.uz

Rossiya AQSHdan chiplarni sotib olishda davom etmoqda

Rossiya Federatsiyasi tomonidan sotib olingan dasturlashtiriladigan mantiqiy integral mikrosxemalar harbiy texnologiyalar va kuzatuv texnologiyalarida qoʻllaniladi. 20-avgustda 'The Insider' nashri tomonidan chop etilgan surishtiruv mualliflari shunday xulosaga kelishdi. Jurnalistlarning taʼkidlashicha, Rossiya Federatsiyasiga raketalar va dronlarni navigatsiya qilish, internetdagi materiallarni filtrlash va yuzni tanib olish uchun noyob mikrosxemalar kirib kelmoqda. Bular asosan Amerikanin

09 Oct 12:40
 
14
0
xs.uz

Gʻazodagi inqirozning bir yilligi va Isroil — Livanning oʻzaro toʻqnashuvi

Dushanba kuni ertalab 'Hizbulloh' raketalari Isroilning uchinchi yirik shahri Hayfaga zarba berdi. Bu Gʻazo urushining bir yilligi kuni va Isroil Livan janubiga quruqlikdan bostirib kirishini kengaytirishga tayyorlanayotgan pallaga toʻgʻri keldi.Bundan oldin Gʻazoda Isroilga qarshi kurashayotgan HAMASning ittifoqchisi, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan 'Hizbulloh' 'Fadi 1' raketalari bilan Hayfa janubidagi harbiy bazani nishonga olganini va 65 km uzoqlikdagi Tiberiyaga yana hujum uyushtir