Tramp “taxtga” qaytgach, Ukrainaning holi nima kechadi? Ukraina masalasida ayrim fikrlar oʻrtaga chiqmoqda
Qayd etilishicha, Trampning qayta saylanishi AQSHning Ukrainaga koʻrsatadigan yordamiga qanday taʼsir qilishi mavhumligicha qolmoqda. Volkerning fikricha, Putin Tramp uchun 'ayyor raqib' boʻlib, u kelishuvga intilmaydi, aksincha, Ukraina ustidan toʻliq nazoratni qoʻlga kiritishni istaydi. 'Tramp Putinga urushni davom ettirish unga qimmatga tushishini koʻrsatishi kerak boʻladi', deyiladi xabarda.
Volker Trampning taklif qilishi mumkin boʻlgan usullardan biri energiya bozoriga arzon neft va gazni chiqarish orqali Putinning byudjetiga zarar yetkazish ekanini aytgan. Boshqa bir yoʻl esa, Ukrainaga Amerika qurollarini sotib olish uchun mablagʻ ajratishga imkon beradigan 'lend-lease' dasturini qoʻllashdir. Volkerning aytishicha, bu dastur orqali Ukrainaga katta mablagʻ berilishi Putinni urushda gʻalaba qozona olmasligiga ishontirishi mumkin.
Maʼlum boʻlishicha, Tramp oʻz lavozimini 20-yanvarga qadar egallaydi va bu vaqtda Ukraina ' Rossiya konflikti boshlanganiga deyarli 3-yil toʻladi. Ayrim ekspertlarning fikricha, Tramp Putin bilan yaqin munosabatda boʻlishga moyilligi, Kreml undan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishi mumkinligiga ishora ham boʻlishi mumkin.
Shuningdek, Trampning atrofidagi manbalar urushni toʻxtatish uchun Ukrainani NATO aʼzoligiga kirish muddatini 20-yilga kechiktirishni taklif qilmoqda. Ular, shuningdek, sharqiy hududlarda demilitarizatsiya zonasini yaratish va urush chizigʻini saqlab qolishni koʻzda tutmoqda. Shu bilan birga, AQSH Yevropa ittifoqi mamlakatlarini bu hududda xavfsizlikni taʼminlash uchun qoʻshin yuborishga chaqirishi mumkin.
Bundan tashqari, Tramp urushni Amerika uchun katta strategik masala deb hisoblamasa, Ukraina yordamdan mahrum boʻlishi ehtimoli ham mavjud. Trampning bu boradagi qarori Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi kuchlar muvozanatiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi ham ehtimoldan yiroq emas. Hozircha birorta rasmiy siyosiy yoʻnalishni ochiqlamagan.
Avvalroq, yuridik shaxslar soni yarim milliondan oshgani haqida xabar berilgandi.
Turkiyada 6 nafar oʻzbekistonlik ayol 18 kg oltin quymalari bilan ushlandi
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 2-oktyabr kuni Izmir shahridagi aeroportdan chiqishda 6 nafar ayol, shuningdek, ularni kutib olishga mashinada kelgan erkak qoʻlga olingan.Avtomobil va ayollarni koʻzdan kechirish chogʻida ularda har biri 110 grammlik 82 dona oltin quymalari, 18 dona oʻyin pristavkalari (Playstation), bundan tashqari, 3 dona smartfon borligi aniqlangan.Sud qarori bilan qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazilganida esa ayollar jinsiy aʼzosida 84 dona oltin quymalari yashirilgani a
Shafqatsiz Sara: Gondurasda 20 ming kishi yaralandi
Tohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endfondan yuzlab oilalar jabr kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endrdi. Kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endpchilikda elektr va ichimlik suvi yohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endq.'Bu dahshatli. Biz birinchidan Xudoning, ikkinchidan hokimiyatning yordamiga muhtojmiz. Ular hamma narsani tashlab ketishdi. Hech bohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endlmaganda yaxshi kohtml5-dom-document-internal-entity2-39-endprik qursalar edi...'
Rossiyaning Ukrainaga hujumlari faollashgan
Rossiya ' Ukraina urushiga 977 kun boʻldi. Rossiya Ukrainaning ikkinchi yirik shahri Xarkovga bir kechada uyushtirgan bombardimonlaridan soʻng kamida toʻrt kishi halok boʻldi. Xarkov Rossiya chegarasidan 30 km uzoqlikda joylashgan va bir necha bor Moskva havo hujumlari nishoniga olingan.Avvalroq, Xarkovga qilingan hujumda olti kishi jarohatlangan va shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlgan, 1920-yillarda qurilgan Derjprom binosining katta qismi vayron qilingan edi.Ukr
Isroil Livandagi quruqlik harbiy amaliyotini kengaytirgan
Isroil mudofaa vaziri Israel Kasning aytishicha, Isroilning Livan janubidagi quruqlik harbiy amaliyoti kengaytirilgan.Katz operatsiyalarni kengaytirish toʻgʻrisidagi qaror qachon qabul qilinganiga aniqlik kiritmadi va bu nimaga olib kelishi haqida hech qanday maʼlumot bermagan. Isroil oʻtgan oy boshida 'Hizbulloh'ni Livan janubidan chiqarib yuborish uchun cheklangan quruqlikdagi operatsiyani boshlagan edi.'Biz Livan janubida quruqlikdagi manyovrni kengaytirdik va Bayrutning Dahiye tumanida,