calendar 28 May 17:16
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 gazballoni portlab ketdi

image

Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-2'ning gazballoni portlab ketdi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, holat bugun, 28 may kuni soat taxminan 13:00 lar atrofida G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 1015-kilometrida sodir bo‘lgan. Hozirda viloyat IIB xodimlari tomonidan ushbu transport vositasida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar soniga va shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda. YTH bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv-tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Gentra rusumli transport vositasida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli yong‘in yuzaga kelgan, Lacetti rusumli transport vositasi yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilishi oqibatida avtoulovning dvigatel qismida yong‘in kelib chiqqandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
30
0
xs.uz

Mashaqqatli va sharafli yoʻl

Mustaqillik ' taqdirimizdaYaqinda Samarqand va Jizzax viloyatlarida mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlab 'Bir boʻlsak ' yagona xalqmiz, birlashsak ' Vatanmiz!' shiori ostida oʻtkazilgan festivallarda ishtirok etdik. Olim, shoir-u yozuvchi va sanʼatkorlardan tashkil topgan targʻibot guruhi safida tuman, mahalla, xonadon, korxona va tashkilotlarda boʻlib, ishchi-xizmatchi, turli soha mutaxassislari, fermer va tadbirkorlar, yoshlar, ayniqsa, keksa onaxon-u otaxonlar bilan gurunglarimiz

03 Sep 21:35
 
24
0
xs.uz

Mustaqillik bayrami arafasida 522 kishi afv etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning oʻttiz uch yilligini nishonlash arafasida 'Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.Farmonga muvofiq, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 522

03 Sep 21:35
 
22
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev: Bugun shiddatli hayotning oʻzi barchamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda

Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlari qatʼiy davom ettirilishini taʼkidladi. Bu haqda Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 33-yilligiga bagʻishlangan tantanali bayram tadbirida soʻzlagan nutqi davomida aytib oʻtdi.Alohida kompaniyalarga berilgan monopol huquq va imtiyozlar bosqichma-bosqich bekor qilinib, barchaga teng huquqlar berilishi taʼminlanadi.Joriy yilda energetika, neft-gaz, suv xoʻjaligi, yoʻl qurilishi, temir yoʻl va aeropo

25 Sep 13:14
 
17
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Qirgʻizistondagi favqulodda va muxtor elchisi oʻzgardi

Saidikrom Niyozxoʻjayev Oʻzbekistonning Qirgʻiz Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo AA' xabar berdi.Qayd etish kerakki, Niyozxoʻjayev bungacha Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 2018-yildan buyon Oʻzbekistonning qoʻshni diyordagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlab kelgan.Niyozxoʻjayev 2024-yil avgust oyida amalga oshirilgan ishlari va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qoʻs