calendar 20 May 22:25
eye 57
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Dolzarb qirq kunlik” doirasida qo‘lga tushgan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi

image

Toshkentda “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olinib,  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan yana uch kishiga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi. 
 

  1. Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudining 15 aprel kunidagi hukmiga bilan 1987 yilda tug‘ilgan Azlarxon Botirovich Muxamedjanov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi (Talonchilik) 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybli deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
  2. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining 6 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Sunnatilla Choriyevich Xolmurodov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “ye” bandi bilan aybli deb topilib, yetti yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
  3. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudining 8 may kunidagi hukmiga ko‘ra, 1993 yilda tug‘ilgan Umidjon Baxtiyor o‘g‘li O‘rinov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik)2-qismi “b”, “v” bandlari, 223-moddasi (Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish)2-qismi “b”, “v” bandlari bilan aybli deb  topilib, olti yil o‘n bir oy yigirma sakkiz kun muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq “Dolzarb qirq kunlik” tadbirlari doirasida qo‘lga olingan Niyoz Ibodov, Bahodir Sultonov va “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarov, shuningdek, Alibek Fayziyev va Olimjon Амоноvгa sud hukmi o‘qilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:37
 
27
0
xs.uz

Fargʻonada 27 500 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida 357 million soʻmlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi. Bu haqda viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, viloyat Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida 'Fargʻona-Qoʻqon' yoʻnalishida harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli mashina kuzatuvga olinib, Qoʻqon shahrida joylashgan xonadonlarning biriga kirgan vaqtida ushl

17 May 21:46
 
25
0
xs.uz

“Muammolarni “Tashabbusli byudjet” orqali hal qilyapmiz”

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Keyingi paytda aholi oʻrtasida 'Tashabbusli byudjet' loyihasiga qiziqish ortib bormoqda. Har bir hudud aholisi ushbu platformada loyihasi yetarli ovoz olishi uchun faol ishtirok etmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan 'Tashabbusli byudjet' loyihasi mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh qilish, moliyaviy imkoniyatlarni muhim masalalarga yoʻnaltirish va byudjet sarfining shaffofligini taʼminlashda muhim oʻrin tutmoqda. Oʻz nav

16 Apr 09:11
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?

2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh

16 Apr 09:11
 
49
0
xs.uz

Fargʻonadagi metan “zapravka”da “Matiz” portladi (+video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi metan 'zapravka'da 'Matiz' portlagani haqidagi videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, bugun, 15-aprel kuni soat 12:20 da Margʻilon shahar 'Sholdirama' MFY 'Alisher Navoiy' koʻchasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida 'Matiz' avtomobiliga oʻrnatilgan propan gaz balloni ichiga metan gazi toʻldirish paytida portlash sodir boʻlgan.FVV maʼlumotlariga