calendar 11 Apr 13:56
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilmoqda

image

Saudiya Arabistonining Makka shahrida qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi axborot siyosati xizmati rahbari Dayirbek O‘runbekov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xalqni Ramazon hayiti bilan tabriklash asnosida ma’lum qildi.

O‘rinbekov mamlakat rahbari Sadir Japarov ko‘magida Makka shahrida tahsil olayotgan va ziyorat qilayotgan Qirg‘iziston fuqarolari bepul foydalanishi mumkin bo‘lgan mehmonxona qurilishi boshlanganini bildirgan.

Ta’kidlanishicha, qirg‘izistonliklar uchun 2024 yilda haj ziyorati narxi taxminan 3 ming 750 dollarni, kvota esa 6 ming 60 kishini tashkil qilgan. O‘tgan yili haj narxi taxminan 3,9 ming dollar bo‘lgan. 2022 yilda esa 4,5 ming dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda o‘zbekistonliklar uchun “Haj-2023” mavsumida 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 million 760 ming so‘m etib belgilangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
30
0
qalampir.uz

KXDRning axlat sharlari Prezident qarorgohigacha yetib bordi 

Bugun, 24 iyul kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yolning Seuldagi davlat idorasiga Shimoliy Koreya tomonidan yuborilgan 300 ga yaqin axlat sharlari kelib tushdi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.  Taxminan 250 ga yaqin sharlar asosan poytaxt Seul va yaqin atrofdagi Kyonnggi provinsiyasining shimoliy hududiga qulagan. Prezident xavfsizlik xizmati havo shari tarkibini o‘rganib chiqqan va uning kimyoviy, biologik va radiatsiyaviy xavf tug‘dirmasligini ma’lum qilgan. Xavf

26 Jul 10:19
 
39
0
qalampir.uz

Markaziy Osiyo banklari Rossiyadan to‘lovlarni sekinlashtirmoqda – OAV 

Rossiya tadbirkorlarining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi banklar orqali to‘lovlarni rad etishlari ulushi iyul oyida 30 foizga oshdi. Bu haqda bugun, 25 iyul kuni RBK xabar berdi.  Qayd etilishicha, to‘lov muddati taxminan 15 foizga ikki haftaga oshgan. Bu muammo Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston banklariga ta’sir qilgan. Ular Rossiya kompaniyalaridan qo‘shimcha hujjatlar va tushuntirishlarni talab qila boshlagan. Gap ta’sischilar, mijozlar, bitiml

21 Jul 11:54
 
72
0
qalampir.uz

Isroil Yamanga hujum boshladi (video)

Bugun, 20 iyul kuni Isroil qo‘shinlari AQSH hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda Yamanning Xodeyda port shahridagi yoqilg‘i omborlariga hujum qildi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari xabar berdi.  Isroil harbiy samolyotlari Yamanning Xodeyda shahridagi husiylarning pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirgan. “Bu husiylarning Tel-Avivdagi Qo‘shma Shtatlar elchixonasi yaqinida sodir qilgan portlashdan bir kun o‘tib ro‘y berdi”, degan AQSH rasmiylaridan biri.

29 Jul 09:44
 
64
0
qalampir.uz

Xomanaiy Pezeshkiyonga prezidentlik mandatini topshirdi (video)

Eron Islom inqilobi yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy bugun, 28 iyul kuni turli rasmiylar va arboblar ishtirokidagi marosimda Mas’ud Pezeshkiyonga prezidentlikning rasmiy mandatini topshirdi. Bu haqda “Iran International” xabar berdi. Tanfiz deb nomlangan marosim chog‘ida Xomanaiy tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni Pezeshkiyonga topshirib, uni rasman qonuniy Prezident deb tan oldi. Xomanaiy idorasi rahbari Muhammad Golpayeganiy Eron Islom Respublikasi Oliy rahbari tomonidan