calendar 23 Apr 03:36
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Sirdaryoda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali doirasida tadbirlar oʻtkazilmoqda

image
Ahmadali ShERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Maʼlumki, har yili 15-apreldan 19-aprel kunlari mamlakatimizda anʼanaviy tarzda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali oʻtkazib kelinadi. Bugun Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasi tasarrufidagi Sirdaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida ana shu nufuzli anjumanning ochilishiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlandiki, mamlakatimizda tasviriy va amaliy sanʼat boʻyicha iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, boy milliy meros va anʼanaga ega ushbu sanʼat turlarini yanada rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, har yili oʻtkazib kelinayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali ham ayni maqsadlarga qaratilgandir.

' Mazkur festival yosh musavvirlar uchun katta mahorat maktabi hamdir, ' deydi Guliston davlat universiteti sanʼatshunoslik fakulteti 4-bosqich talabasi, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Nodira Gayberdiyeva. ' Negaki, u orqali tasviriy va amaliy sanʼatning yurtimiz hamda xorijdagi taniqli vakillarining asarlari bilan bevosita tanishish bilan birga ularning mahorat darslarida ham qatnashish imkoniyatiga ega boʻlamiz.

Festival dasturidan mahalliy va xorijiy rassomlarning koʻrgazmalari, rassomlik va amaliy sanʼat boʻyicha mahorat darslari, tarixiy, milliy va zamonaviy liboslar ham namoyishi oʻrin olgan. Maʼlum qilinishicha yurtimiz boʻylab boshlagan xalqaro festivalning Sirdaryo viloyatidagi tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarda ham boʻlib oʻtadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:55
 
50
0
xs.uz

“Tabassuming yodimda hamon...”

20-yanvar ' Oʻzbekiston xalq shoiri Xurshid Davron tavallud topgan kunERIB KETAR XIRA TUMANLARhtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-endErib ketar xira tumanlar,kapalakdek uygʻonar yalpiz.Osmon daryo boʻlib tuyular,oʻtlar uzra chopqillaydi koʻz.Qayragʻochning guli ' mitti jom 'jaranglaydi ' taralar atir.Va tushlarga kirar bu oqshommaysalarni quchoqlab adir.Shamol yelar erkin, quturib,quriy boshlar tomlar toʻsini.Gullayotgan olchani koʻribderazalar ochar koʻksini.Yoritgancha to yurak

27 Jan 00:55
 
72
0
xs.uz

Joʻrabek dodxoh kim boʻlgan?

'Adabiyot' nashriyotida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Norqobil Jalil va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Roʻzimboy Hasan hammuallifligida 'General Joʻrabek: davr va qismat' deb nomlangan asar nashr etildi.Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida mazkur kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirni ochgan Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo mualliflar 1840-yilda Kitob shahri yaqinidagi Gulgunpoʻsh qishlogʻida tugʻilgan Jo

31 Jan 15:22
 
42
0
xs.uz

Ijodga oshno qalb

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Sharof Rashidov Nomidagi Samarqand Davlat universitetida adabiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda oʻzining 70 yoshini qarshilagan, Oʻzbekiston va Belarus Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ismat Koʻchiyevning hayoti va adabiyotga bogʻlangan ijod yoʻli haqida gap bordi.Oʻzbekiston Respublikasi va bir qator xalqaro tashkilotlarda faoliyat koʻrsatgan Ismat Koʻchiyev, shuningdek, taniqli publitsist, yozuvchi va shoir, jamoat arbobidir.Dastlab tadbirda ishtirok et

31 Jan 15:22
 
66
0
xs.uz

Bir suvratda ming farishta

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan kartinaMen rasmga koʻp tushunmayman. Ammo, har bir kartinani bir sheʼr deb bilaman. Kartina sheʼrdek soʻzlaydi, ranglar soʻzlaydi, tasvirlar, tashbehlar, mubolagʻalar, qalb izhorlari... bularning bari kartinalarda sodir boʻladi.Chin ijod vaqtdan tashqari hayot. Vaqt bilan hisoblashmaydi. Yer sayyorasida eng qisqa vaqtning koʻchishi yorugʻlik tezligi hisoblansa, ijod oʻsha vaqtni ushlab qolgan oniy lahzalardir. Vaqt taʼsir qilmaydigan sayyoralar ko