calendar 07 Mar 20:13
eye 64
comments 0
comments Manba: xs.uz

Norvegiya Ukrainani havo mudofaasi tizimlari bilan taʼminlash boʻyicha koalitsiyaga qoʻshildi

image
Norvegiya Ukrainani havo mudofaasi va raketaga qarshi mudofaa tizimlari bilan taʼminlash boʻyicha xalqaro koalitsiyaga qoʻshildi. Bu haqda Germaniya mudofaa vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

'Ukraina uchun kuchli signal: Norvegiya ham havo va raketaga qarshi mudofaa qoʻshma koalitsiyasiga qoʻshildi', ' deyiladi vazirlik xabarida.

Xalqaro koalitsiyaga Germaniya va Fransiya boshchilik qilmoqda. Uning maqsadi Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirishdir.

Shu yilning 6-mart kuni 'Bloomberg' agentligi Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun 800 ming snaryad sotib olish uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni deyarli toʻplagani haqida xabar berdi. Oʻq-dorilar bir necha hafta ichida Kiyevga yuborilishi mumkin.

Shu yilning fevral oyida Ukraina prezidenti devoni rahbari oʻrinbosari Igor Jovkva Norvegiya Tashqi ishlar vazirligining Ukraina boʻyicha maxsus vakili Kristian Sise bilan uchrashgandi. Muloqotda siyosatchilar oʻz mamlakatlari oʻrtasidagi ikki tomonlama xavfsizlik kelishuvini muhokama qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

10 Oct 16:59
 
22
0
xs.uz

Isroil BMTning Livandagi missiyasiga hujum qildi

Isroil harbiylari BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tinchlikparvar qoʻshinlari shtab-kvartirasi hududidagi obyektga qarata oʻt ochgan. Bu haqda 'Al Jazeera' telekanali missiyadagi manbaga tayanib xabar tarqatdi.'Isroil armiyasi Ras an-Nakuradagi shtab-kvartirasida UNIFIL kuchlarining kuzatuv minorasiga hujum qildi', ' deyiladi telekanal saytida.'Al Jazeera' manbalariga koʻra, jami Isroil harbiylari Livan janubidagi BMT tinchlikparvar kuchlarining uchta pozitsiyasiga oʻt ochgan, ik

09 Oct 12:40
 
21
0
xs.uz

Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul

Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi

24 Aug 17:27
 
38
0
xs.uz

Putin 13 yildan soʻng Chechenistonga tashrif buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutilmaganda Chechenistonga tashrif buyurdi. Qayd etish kerakki, soʻnggi marotaba bunday tashrif 2011-yilda sodir boʻlgan. Bu haqda 'Newsweek' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, tashrif chogʻida Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi aksariyat musulmonlar yashaydigan respublika rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashuv oʻtkazgan. Bu uchrashuvning ahamiyati shundaki, Moskva Kursk viloyatidagi harbiy bosimni kamaytirish uchun aynan jipslikni taʼm

24 Aug 17:27
 
32
0
xs.uz

AQShda yuz bergan YTHda oʻzbekistonlik 16 yoshli yigit halok boʻldi

AQSHda asli oʻzbekistonlik boʻlgan 16 yoshli yigit avtohalokat qurboni boʻldi. Mahalliy nashrlar xabariga koʻra, joriy yilning 19-avgust kuni Bruklinda yashovchi Umidjon Joʻrayev ismli oʻsmir doʻstlari bilan skuterda yuk mashinasiga toʻqnashib ketgan.Avariya oqibatida Umidjon vafot etgan, doʻstlaridan biri turli jarohatlar bilan shifoxonaga tushgan. Manbaga koʻra, marhum oilada yolgʻiz farzand boʻlib, onasi bilan birga yashagan.Kuzatuv kameralariga koʻra, dushanba kuni sodir boʻlga