calendar 23 Apr 03:36
eye 50
comments 0
comments Manba: xs.uz

Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi qiziqish bildirmoqda

image
Oʻzbekiston terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning eng qadimiy jamoalaridan biri 'Parma' qiziqish bildirmoqda.

Gap shundaki, 'Parma' faoliyatini yoritib borayotgan parmalive.com sayti eksperti Juzeppe Emanuele Frizone ushbu jamoa oʻzbek futbolchisini kuzata boshlagani haqida maʼlumot tarqatdi.

'A Seriyaga chiqish uchun kurashni davom ettirayotgan 'Parma' hozirdan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Manbalarning taʼkidlashicha, klub Markaziy Osiyoning yulduz darajadagi oʻyinchisini kuzatuvga olgan. Bu ' Abbosbek Fayzullayev. Abbos texnikasi kuchli pleymeyker va yosh hujumchi sifatida Moskvaning SSKA jamoasi sharafini himoya qilyapti. Bu futbolchi ayniqsa, gollarga assistent sifatida samarali oʻynamoqda. Hujumkor oʻzbek futbolchisi oʻz qitʼasining eng salohiyatli yosh oʻyinchilaridan hisoblanadi va soʻnggi oylarda unga 'Bavariya' qiziqish bildirayotgani haqida maʼlumotlar tarqamoqda', ' deya yozmoqda Juzeppe Emanuele Frizone.

'Parma' ayni paytda V Seriyada ishtirok etmoqda. Klub 33-turdan soʻng, 69 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam boʻlib turibdi. Bu jamoa eng yaqin taʼqibchisi 'Komo'dan besh ochkoga oʻzib ketgan.

Abbosbek SSKA safida jami 25 ta oʻyinda qatnashib, toʻrtta gol va 11 ta assist qayd etgan.

Transfermarkt portali futbolchimizning transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 May 09:30
 
30
0
qalampir.uz

Sendxagen nega Nurmuhammedov bilan jangga rozi bo‘ldi?

Amerikalik UFC jangchisi Kori Sendxagen nima uchun Umar Nurmuhammedovga qarshi jang qilishga rozi bo‘lganini tushuntirdi. Sendxagen va Nurmuhammedov o‘rtasidagi jang 3 avgust kuni BAA poytaxti Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC turniri doirasida o‘tkaziladi. “Birinchidan, men uchun raqiblar unchalik ko‘p emas. Ikkinchidan, Umarni UFC'da yaxshi ko‘rishadi. Menga ham uning janglari yoqadi – u UFC'da yangi, lekin qisqa vaqt ichida e’tibor qozona oldi. Umar o

10 May 16:49
 
27
0
qalampir.uz

Yilning eng yaxshi klubi bo‘lish uchun nomzodlar ma’lum bo‘ldi

Globe Soccer Awards 2024 yilda Yevropaning eng yaxshi jamoasi sovriniga nomzodlarni e’lon qildi. Nomzodlar orasida “Arsenal”, “Atalanta”, “Barselona”, “Bayer”, “Bavariya”, "Borussiya Dortmund”, “Brest”, “Jirona”, “Inter”, “Liverpul” “Manchester Siti”, “Monako”, PSJ, “Real Madrid” va “Sporting” klublari bor. Eng yaxshi ayollar

11 Apr 13:58
 
39
0
qalampir.uz

Men “Real”dagi Benzema emasman – Karim Benzema

Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubi hujumchisi Karim Benzema hozirgi klubida nega “Real Madrid”dagi kabi o‘yin ko‘rsatmayotgani haqida gapirdi. “Men “Real”dagi Benzema emasman, chunki bu yerda o‘yinlar boshqacha, o‘yinchilar boshqacha. Menga maydonda ko‘proq yordam kerak. Musobaqalarda bir o‘zim g‘alaba qozona olmayman”, deydi “Real”ning sobiq futbolchisi. Ma’lumot uchun, Benzema 2023 yilning iyunida &ldq

11 Apr 13:58
 
39
0
qalampir.uz

“Bavariya” futbolchilarining rafiqalari “Arsenal”ga qarshi o‘yin chiptalaridan quruq qoldi

“Bavariya” futbolchilarining rafiqalari “Arsenal” bilan o‘yinni stadionda tomosha qila olmaydi. Bu haqda “Bild” xabar berdi. Bunga muxlislarning xatti-harakati uchun “Bavariya”ga qo‘yilgan jazo sabab bo‘lmoqda. UEFA myunxenlik muxlislarni tribunada pirotexnika vositalaridan foydalanish bilan bog‘liq bir necha holatlar tufayli “Arsenal” bilan o‘yinga kirishini taqiqladi. Jazo tufayli “Bavariya” chora