calendar 12 May 18:54
eye 72
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Afg‘onistondagi vayronkor suv toshqinlari oqibatida 300 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

image

Afg‘onistonning Bag‘lon viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqini 300 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP)ning Afg‘onistondagi vakolatxonasi xabar berdi.

Tabiiy ofat oqibatida mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan. Afg‘onistonda aprel oyida mavsumiy yomg‘irlar boshlandi. Bunga qadar mamlakatning yana 10 ta viloyatida qurbonlar qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqinlari Bag‘lon, Taxar, Badaxshon, G‘or va Hirot viloyatlarida ham sodir bo‘lgan. Bu hududda jala minglab uylar va infratuzilmalarni vayron qilib, mahalliy aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirishida qiyinchilik tug‘dirgan.

"Afg‘oniston hukumati toshqin oqibatlarini bartaraf etish uchun bosh vazir o‘rinbosari Abdul G‘ani Baradar boshchiligidagi delegatsiyani tuzdi", deb xabar bermoqda "TOLO News".

"Tolibon" iqtisodiyot vaziri Muhammad Hanif bugun, 12 may kuni BMT, gumanitar jamg‘armalar va xususiy biznes vakillariga toshqin qurbonlariga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi. Shu fonda turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar Afg‘onistonni tabiiy ofatlarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlashini bildirmoqda. Shu tariqa Qatar TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va suv toshqinlari oqibatlarini bartaraf etishga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi. Turkiya hukumati ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, bu Afg‘onistonda kuchli yomg‘irlar ommaviy o‘limga olib kelgan birinchi toshqin emas. Joriy yilning aprel oyida mamlakatning 13 viloyatida sodir bo‘lgan suv toshqini 50 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, yuzlab uylar vayron bo‘lgan edi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat iqlim o‘zgarishi sababli tabiiy ofatlarga moyil bo‘lib, bu ko‘pincha o‘limga olib keladi. Ayni paytda afg‘onistonliklarning qishloq xo‘jaligiga qaramligi ularning hayotiga tahdidni yanada kuchaytiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

20 Mar 12:55
 
81
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

15 Apr 07:06
 
31
0
xs.uz

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi

5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi