calendar 12 May 19:02
eye 44
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Habib Nurmuhammedovning Rossiyadagi kompaniyalari yopilmoqda

image

Rossiyalik aralash yakkakurashlar (MMA) bo‘yicha mashhur jangchi, yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhammedov Federal soliq xizmatidan 306 million rubl qarzdorligi ma’lum bo‘ldi. Departament Eagle FC va unga aloqador xayriya jamg‘armasining akkauntlarini blokladi. Bu haqda “Mash” Telegram-kanali xabar berdi.

O‘zining sport karerasini tugatganidan so‘ng, Habib sport ozuqalarini sotish, Eagle FC promousheniga homiylik qilish bilan shug‘ullangan. 

Manbaga ko‘ra, sportchi keyinchalik Sildi, First Mobile kompaniyalari, shuningdek, Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi ta’sischiligidan iste’foga chiqqan. Nurmuhammedov o‘ziga tegishli kompaniyalar egaligini qarindoshlari va do‘stlariga topshirgan.

Federal soliq xizmati tekshiruvni boshladi, hozirda Nurmuhammedovning bir qancha kompaniyalari yopilgan. Masalan, turizm bilan shug‘ullanuvchi Hikmet Travel kompaniyasi ham faoliyatini to‘xtatdi.  Xuddi shunday holat Eagle FC bilan kuzatilishi mumkin, deyiladi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
153
0
xs.uz

Ispaniya 1984-yilgi final uchun «qasos» oladimi?

Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionatining birinchi yarim finali bahsi oʻtkaziladi. Unda Ispaniya va Fransiya terma jamoalari oʻzaro bellashadi.Ushbu jamoalar shu paytgacha 36 bor oʻzaro toʻqnashgan. Oʻzaro oʻyinlarning 26 tasida Ispaniya terma jamoasi gʻalaba qozongan. Ularning 26 tasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlib, bahslarning 14 tasida Ispaniya, 7 tasida Fransiya gʻalaba qozongan. Besh bahsda gʻolib nomi aniqlanmagan. Toʻplar nisbati 54/23 Ispaniya foydasida.Mazkur jamoalar r

15 Jul 12:03
 
74
0
xs.uz

Falastinliklar Yevropa chempionatining finalida Ispaniyaga muxlislik qiladi. Nega?

Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda, qamal qilingan hududdagi futbol muxlislari 'Yevro-2024' futbol musobaqasining Angliya va Ispaniya oʻyinida ispaniyaliklarni qoʻllab-quvvatlaydi.Qayd etilishicha, Ispaniyadan 3500 km uzoqroqda joylashgan Gʻazodagi futbol muxlislari Alvaro Morata va uning jamoadoshlarining oʻyinini intiqlik bilan kutishmoqda.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligida matematika oʻqituvchisi boʻlgan 36 yoshli U