calendar 15 Jul 12:03
eye 76
comments 0
comments Manba: xs.uz

Falastinliklar Yevropa chempionatining finalida Ispaniyaga muxlislik qiladi. Nega?

image
Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davom etayotgan bir paytda, qamal qilingan hududdagi futbol muxlislari 'Yevro-2024' futbol musobaqasining Angliya va Ispaniya oʻyinida ispaniyaliklarni qoʻllab-quvvatlaydi.

Qayd etilishicha, Ispaniyadan 3500 km uzoqroqda joylashgan Gʻazodagi futbol muxlislari Alvaro Morata va uning jamoadoshlarining oʻyinini intiqlik bilan kutishmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligida matematika oʻqituvchisi boʻlgan 36 yoshli Umar Gʻayyod va uning ukasi Muhammad Isroilning hududdagi 10 oylik urush davomida uch marta koʻchirilishga majbur boʻldi. Ularning sakkiz nafar qarindoshi, jumladan, Umarning ikki qizi Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyi bombardimon qilinishi oqibatida halok boʻlgan.

Bunday azob va koʻchirilishdan chalgʻish uchun aka-ukalar qarindosh hamda doʻstlari bilan oʻzlarini futbol orqali chalgʻitishmoqda.

'Al Jazeera' jurnalisti final arafasida gʻazolik futbol muxlislarining chodirlarida ular bilan suhbatlashgan. Ularning Ispaniya jamoasini qoʻllab-quvvatlashining asosiy sabablaridan biri ushbu davlatning Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olganidadir.

Falastinliklarning aytishicha, futbol oʻyini davomida ispaniyaliklarning Falastin bayrogʻini koʻtarib olishi ularni ruhlantirgan. Agar Ispaniya Berlinda Angliyani magʻlub etsa, gʻazolik muxlislarning quvonchi ikki barobar ortadi.

Ispaniya va Falastin soʻnggi bir necha yil ichida madaniy, akademik almashinuv dasturlarini oʻz ichiga olgan doʻstona munosabatlarni saqlab kelmoqda. Gʻazoning gʻarbiy qismidagi mahalla 1998-yilda Barselona nomi bilan atala boshlangan. Keyinchalik Isroil bu hududni harbiy bazaga aylantirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

“Barselona” futbolchisi faoliyatini Qatarda davom ettirishi mumkin

Qatarning “Al-Sadd” futbol klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi, germaniyalik Ilkay Gyundoganga transfer taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi. Futbolchining ispan klubi bilan shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi va yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.  Qayd etilishicha, “Barselona” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli nemis futbolchisini sotish taklifini ko‘rib chiqmoqchi.

26 Jul 10:19
 
42
0
qalampir.uz

Sportchilar Olimpiya shaharchasida ovqat yetishmasligidan norozi bo‘lmoqda

Sportchilar Parij-2024 Olimpiya shaharchasida oziq-ovqat yetishmasligidan shikoyat qildi. Bu haqda “L'Equipe”  xabar berdi. Manbaga ko‘ra, tashkilotchilar iste’mol mahsulotlari hamma uchun yetarli bo‘lishini ta’minlash uchun ba’zi turdagi oziq-ovqatlarni ratsionga kiritishlari kerak. Misol uchun, sportchilar tovuq tuxumining kamligi va boshqa ba’zi mahsulotlarni yetkazish tezligidan shikoyat qilmoqda. Olimpiya shaharchasida faoliyat yurituvchi “Sodexo

29 Jul 15:38
 
44
0
xs.uz

Ruslan Abdullayev meksikalik bokschiga imkoniyat qoldirmadi

Qayd etish kerakki, boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ruslan Abdullayev ham Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida muvaffaqiyatli start oldi.-63,5 kg vazn toifasida ilk jangini oʻtkazgan Abdullayev meksikalik Migel Ramiresni katta ustunlik bilan magʻlub etdi. Shu tariqa sportchimiz chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.Avvalroq, oʻzbekistonlik sportchilar juftligi akademik eshkak eshish boʻyicha finalda ishtirok eta

11 Aug 03:44
 
31
0
xs.uz

Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni!

+92 kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan bokschimiz finalda hamyurtimizga Ispaniya vakili Ayyub Gadfaga qarshi ringga chiqdi.Qiyin kechgan bahsda 'Big Uzbek' ('Katta Oʻzbek') nomini olgan yurtdoshimiz raqibidan har tomonlama ustunlik qildi va bellashuvni oʻz foydasiga hal qildi ' 5:0.Bu Bahodirning yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ikkinchi oltin medali hisoblanadi. Mahoratli bokschimiz 'Tokio-2020'da ham barcha raqiblaridan ustun kelgandi.Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasining 1/8 finalida