calendar 12 May 17:37
eye 67
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Rossiyaning 4 ta viloyati havo hujumiga uchradi (video)

image

O‘tgan tunda Ukraina tomonidan Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga samolyot tipidagi dronlar va “Tochka-U” operativ-taktik raketalaridan foydalangan holda hujumlar uyushtirishga qaratilgan qator urinishlari to‘xtatildi. Bu haqda bugun, 12 may kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, quyidagi vositalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan:

  • Belgorod viloyati hududidagi ikkita operativ-taktik raketa;
  • Bryansk viloyati hududida uchta Ukraina droni;
  • Lipetsk viloyati hududida ikkita dron.
  • Volgograd viloyati hududida bitta dron tutib olingan.

Shuningdek, Volgograd neftni qayta ishlash zavodida uchuvchisiz samolyot qulashi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Hujumga uchragan zavod “Lukoyl” kompaniyasiga tegishli ekani aytilmoqda. Zavodning quvvati 14,8 million tonnani tashkil etadi.

Bundan tashqari, Ukraina bilan chegarada joylashgan Belgorod shahrida Shorska ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyning kirish qismi qulab tushgan. Shaharda kun boshidan beri besh marta havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 qavat qulagan. Qurbonlar soni noma’lum, odamlar vayronalar ostida qolmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jul 04:28
 
30
0
xs.uz

Olimlar qandli diabet ustidan gʻalaba qozonishdi

AQSH va kanadalik xalqaro olimlar guruhi ildiz hujayralari terapiyasi yordamida 1-toifa qandli diabetni muvaffaqiyatli davolashga erish. Eksperimental muolaja ishtirokchilarining 83 foizi protseduradan bir yil oʻtgach, kundalik insulin inyeksiyalariga muhtojlik sezmagan. Tadqiqot natijalari 'New England Journal of Medicine' ilmiy jurnalida chop etildi.Jamoa laboratoriyada yetishtirilgan oshqozon osti bezi hujayralaridan foydalangan, ular bemorlarga jigar venasi orqali yuborilgan. Ushbu yondashu

17 May 21:47
 
487
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

17 May 21:47
 
484
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident

17 May 21:47
 
473
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin