calendar 08 Mar 14:47
eye 788
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Anqarada sodir bo‘lgan YTHda Prezidentning o‘g‘li og‘ir jarohat oldi

image

Turkiya poytaxti Anqaraning Go‘lboshi tumanida Sudan Prezidenti Abdulfattoh al-Burhonning o‘g‘li Muhammad  al-Burhon Rahmon mototsiklda ketayotib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi va oqibatda og‘ir yaralandi. Bu haqda kecha, 7 mart kuni "Haberler" nashri ma’lum qildi.

Voqea kechki payt Qizilchashar dahasidagi Kiraz bulvarida sodir bo‘lgan. Rahmon boshqarib ketayotgan mototsikl yengil avtomobilga borib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Avtohalokatga uchragan mototsikl ag‘darilib ketgan va Rahmon bir necha metr uzoqlikga otilib tushgan.

Voqea joyiga sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yetib borgan. Tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida og‘ir tan jarohati olgan Rahmonga voqea joyida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, u tez yordam mashinasida Bilkent shahar shifoxonasiga olib ketilgan. 

Qayd etilishicha, avtomobil haydovchisi qo‘lga olingan. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan Rahmonning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Politsiya tergovga qadar tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Armaniston politsiyasining “Qizil beretlilar” maxsus kuchlari Yerevandagi ommaviy aksiyalar davomida mamlakatning ikkinchi prezidenti Robert Kocharyanning o‘g‘li Levonni hibsga olgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 May 14:38
 
61
0
xs.uz

Tramp Saudiya Arabistoniga keldi

AQSH prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodga rasmiy tashrif bilan keldi va Yaqin Sharq boʻylab toʻrt kunlik safarini boshladi. Bu haqda 'Al Arabiya' telekanali xabar berdi.Bu uning qayta saylanganidan keyin amalga oshirgan birinchi xorijiy safari hisoblanadi.'Tramp seshanba kuni ertalab Saudiya Arabistoniga Fors koʻrfazi mintaqasi boʻylab toʻrt kunlik safarini boshlash uchun yetib keldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal xabariga koʻra, tashrif davomida asosiy eʼtibor m

04 Jun 02:45
 
121
0
xs.uz

Germaniyada rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborish talab qilindi

Xristian-demokratik ittifoqdan Bundestag deputati Roderix Kizevetter hukumatdan qolgan rossiyalik diplomatlarni Germaniyadan chiqarib yuborishni va Berlindagi Ruslar uyini yopishni talab qildi. Bu haqda 'Handelsblatt' gazetasi deputatning soʻzlariga asoslanib xabar tarqatdi.'Qolgan agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak. Past darajadagi agentlar deb atalmish shaxslarni yollashga qarshi choralar koʻrish kerak. Bundan tashqari, Berlindagi Ruslar uyi va boshqa muassasalar yopilishi ke

17 May 21:47
 
54
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

17 May 21:47
 
311
0
xs.uz

Qozogʻistonda davlat xizmatchilariga “ChatGPT”dan foydalanishga taqiq qoʻyildi

Qozogʻiston hukumati davlat xizmatchilariga xizmat faoliyati davomida 'ChatGPT'dan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirining oʻrinbosari Qanish Tuleushin maʼlum qildi.Unga koʻra, taqiq maʼlumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida joriy etilgan. Shuningdek, xizmatchilarga muqobil sifatida Nazarboyev universiteti negizida ishlab chiqilgan mahalliy sunʼiy intellekt tizimi taklif etilgan.Bundan tashqari, u hozirda bajarilgan ishlar qay bir sunʼiy intellekt tizi