calendar 23 Apr 03:36
eye 420
comments 0
comments Manba: xs.uz

Kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionlari aniqlanmoqda

image
Shu kunlarda Urganch shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan 800 nafarga yaqin yosh polvonlar sovrinli oʻrinlar uchun bellashmoqda.

Chempionatning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Xorazm viloyat prokuraturasi, viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari davlatimiz rahbarining eʼtibori va qoʻllab-quvvatlashi natijasida milliy oʻyinlar darajasidan xalqaro sport turi maqomiga koʻtarilgan kurashning dunyodagi rivojida yurtimizda tashkil etilayotgan musobaqalarning saviyasi yuqori boʻlishi lozimligini taʼkidlandi.

Musobaqaning birinchi kunida Javohir Choriyev, jizzaxlik Komil Shodmonov, buxorolik Behroʻz Tilovov Zuhra Halimboyeva, Gulasal Uraimova, Sabina Rasulova va Elnoza Temirova oʻz vazn toifasida oltin medallarni qoʻlga kiritdi.

Bugun, 19-aprel kuni oʻgʻil bolalar oʻrtasida 60, 65, 71, 77, qizlar oʻrtasida esa 48, 52, 57 kg vazn toifalarida gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Oʻzbekiston chempionati jarayonida Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Qodirov, federatsiya raisining sport ishlari boʻyicha oʻrinbosari Uygʻun Umarov va boshqa mutaxassislar davlatimiz rahbarining 'Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qarori asosida Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, 'Doʻstlik' mahallasida qurib bitkazilgan kurash mahorat maktabida boʻlib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Mutaxassislar yurtimizda bunyod etilayotgan bu kabi majmualar oʻzbek kurashining rivojiga xizmat qilishini qayd etishdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Jun 02:45
 
150
0
xs.uz

“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi

Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.

17 May 21:48
 
608
0
xs.uz

Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mi

08 Jun 02:27
 
45
0
xs.uz

Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj

Gʻolib futbolchilarimiz yurtimizga qaytib keldiKuni kecha futbol boʻyicha jahon chempionati 3-saralash bosqichining 9-turida muhim natijani qayd etgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hukumat aʼzolari, sportimiz mutasaddilari, murabbiylar, keng jamoatchilik vakillari hamda soha fidoyilari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.Yuzlari yorugʻ, xalqimiz ishonchini oqlagan futbolchilarimiz birin-ketin koʻrinish berib, aeroportdan chiqib kel

13 Jun 00:40
 
41
0
xs.uz

“JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum

'A' guruhida Eron KXDRni 3:0 hisobida magʻlub etib, guruh gʻolibiga aylandi. Oʻzbekiston esa Qatar ustidan yirik gʻalabaga erishib (3:0), mundialga yoʻllanmani muddatidan avval taʼminlab boʻlgan holda saralashni yuqori notada yakunladi. Qirgʻiziston va BAA oʻrtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi, ammo bu natija ikki jamoa uchun ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmadi.'V' guruhida Janubiy Koreya va Iordaniya allaqachon toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiri